Mashinalaridan foydalanish, texnik


- rasm. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining turlari


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

80- rasm. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining turlari 
Har smenadagi texnik xizmat ko‘rsatish mashinani ishga tayyorlash va 
smena davomida uning ishga yarokli xolatini ta’minlash maksadida operator 
tomonidan amalga oshiriladi, o‘tkaziladi. 
Tartibli yoki reglamentli texnik xizmat ko‘rsatishlar davriyligi va 
mazmuni har xil turdagi va markadagi texnikalar uchun turlicha bo‘ladi. Tartibli 
texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining ro‘yxati oldingi texnik xizmat ko‘rsatishlarni 
ham o‘z ichiga oladi. 
Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatishni bir yilda ikki marta: bahorgi-yozgi 
va kuzgi-qishqi sharoitlarda ishlatishga o‘tish davrlarida o‘tkaziladi. 
Maxsus sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko‘rsatish - havo 
juda changlangan, juda issiq yoki sovuk muhitda, toshloq erlar va boshka 
sharoitlarda ishlatiladigan texnikalar uchun ko‘zda tutiladi. 
Saqlash jarayonida texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining 
asosiy mazmuni metall sirtlarni zanglashdan, rezinotexnik buyumlarni eskirishdan 


222 
ximoyalash, tutib turuvchi va tayanch detallarning deformatsiyalanishiga yo‘l 
ko‘ymaslik kabi tadbirlardan iborat bo‘ladi. 
Traktorlar, kombaynlar va o‘ziyurar energetik vositalar va tirkamalarga 
rejali-ogoxlantirishli va reglamentli tizimlariga hos barcha texnik xizmatlar 
ko‘rsatilgan holda er haydash, ekish, o‘g‘it solish va maxsulotni kayta ishlash, 
chorva ozuqasi, o‘cimlikni himoyalash, tirkama va yarim tirkama mashinalariga 
smenalik va mavsumiy texnik xizmatlar ko‘rsatiladi. 
Bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatishlar davrlarining aniq chegaralari 
energatik vositalar uchun mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan 
foydalanish yo‘riqnomalarida beriladi.
Texnikadan samarali foydalanishning eng muhim sharti, o‘z vaqtida texnik 
xizmat ko‘rsatishning barcha turlarini qo‘llab (13-jadval), nazoratni 
bo‘shashtirmaslikdan iboratdir.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling