Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Mashina traktor agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
25.7-§. Mashina traktor agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mir ishlarini rivojlantirish istiqbollari Texnologik jarayonlarni mukammal, agrotexnik talablar darajasida bajarilishini mashina traktor agregatlaridan foydalanish ishonchliligini oshirish hisobiga ta’minlash ko‘zda tutiladi: - Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini takomillashtirish: profilaktik tadbirlarni solishtirma mavqeini, shu bilan birga ogoxlantiruvchi ta’mirlarni mavqeini oshirish; - Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning normativlari va rejimlarini optimallashtirish; harakatdagi vositalardan foydalanishni yaxshi hisobini olib borish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash normativlarini individuallashtirish; - Mashinalar parkining yoshini boshqarish, foydalanish boshidan mashina traktor agregatlaridan foydalanish sharoitlarini uzoq muddat xizmat qilishga o‘zgartirish; texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini sifatli boshqarishni qo‘llash; - Xizmat ko‘rsatuvchi personal va injener texnik xodimlarni ma’naviy va material rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; - Soz mashina traktor agregatlarining rezervini ta’minlash; - Ko’chma texnik xizmat ko’rsatish vositalari hisobiga bevosita dala sharoitida ko‘rsatiladigan texnik yordamni tashkil etishni takomillashtirish; Vatanimizning qishloq xo’jaligi texnikalari kompleksi qator yirik istemol qiluvchilar (klasterlar) va fermerlarning muhim texnik resurslari hisoblanadi. SHuning uchun qishloq xo’jaligi mashina traktor parkining rivojlanishi ko‘p jixatdan foydalanish masshtabi va samarali resurstejamkorlik siyosati bilan aniqlanadi. Bunda asosan yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilishning asosiy tadbirlarini amalga oshirish jadal harakatga keltiriladi. 227 Bu tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Alternativ yonilg‘ilarni qo‘llash va bunda avval siqilgan, suyultirilgan tabiiy gazlardan foydalanish (keyinchalik vodorod yoqilg‘isini qo‘llash mumkin), - buning uchun yuqori bosimli va past temperaturali (20-25 MPa) gaz apparatida ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash texnologiyasi va rejimlarini ishlab chiqish hamda asoslash: - gaz apparatlarini nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni nazorat qiladigan texnologik hamda diagnostik jixozlarni yaratish va ishlab chiqish; - gaz apparatlarini ta’mirlovchi va nazorat qiluvchi markazlashgan korxonalarni tashkil etish va rekonstruksiya qilish va ularga mos ta’mirlovchi kadrlar, muhandis texnik hodimlarni tayyorlash; 2. YOnilg‘i-moylash materiallarini iqtisod qilishni ta’minlovchi me’yorlash tizimini takomillashtirish (mexanizatsiyalashgan ishlarning me’yorlarini ishlab chiqish, ishlatishda moylar va moylovchi materiallarni yaroqlilik me’yorini aniqlash). 3. Ta’mirlovchi va operatorlarning malakasini oshirish, yonilg‘i-energetik va boshqa resurlarni iqtisod qilganligi uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. 4. Mashina traktor agregatlarining yonilg‘i va moy sarfi, ularni sarf bo‘lishi va borligini ta’minlovchi jixozlari, uzellari, tizim va agregatlarini talab etilgan texnik xolatini ta’minlash. 5. Mashina traktor parklarining yonilg‘i-moylash xo‘jaligini kompyuter texnikalaridan foydalangan holda takomillashtirish (markaziy xo‘jaliklarni yonilg‘i bilan ta’minlash, tarqatish, moylashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularning sarfi va borligini aniq hisobga olish). 6. Mashina traktor agregatlari dvigatellariga tushadigan haqiqiy yuklanishlarni aniqlaydigan, operatorga maqbul rejimni tavsiya etadigan, ishonchli qurilmalar, yonilg‘i sarflagichlar ishlab chiqish. 228 Mashina traktor agregatlarning konstruktiv tarkibini takomillashtirish (maqbul, samarali), komplektlash (tuzish) va ulardan foydalanishni joriy etish natijasida kelajakda amaldagi texnik xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, moylash, qotirish, sozlash ishlarining solishtirma vazni va ularning davriyligini sekin asta kamayib borishini ta’minlash, agregat va uzellar ish rejimini masofadan boshqarish, ogoxlantiruvchi-nazorat qiluvchi datchiklaf, tashhis qurilmalarini keng qo‘llash. YOnilg‘i-energetik resurlarni iqtisod qilish va atrof muhitni himoya qilish mashina traktor agregatlarini texnik holatiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradi, agregatlar dvigatellarida kechadigan ish jarayonlarini boshqaruvchi kopyuterlar va diagnostik vositalarni keng qo‘llanishini talab etadi. Qishloq xo’jalik mashinalarini ishlab chiqarish jarayoni va foydalanishda korroziyaga qarshi tadbirlarni qo‘llash hisobiga ularning uzoq muddat ishlashini ta’minlash to‘la komplektli kapital (asosiy) ta’mir ishlarini kamayishiga olib keladai. Natijalda ularning ishonchliligi, resursi, uzoq muddat ishlash ko‘taruvchanligiga quyiladigan talablarning ortishi, mashina traktor parki muhandis texnik xizmati personaliga bo‘lgan extiyojning ortishiga olib keladi. Ish yuritish munosabatlarining rivojlanishi mashina traktor parkining tarkibi va asoslanganlik me’yorlariga, o‘z navbatida texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimiga qo‘yiladigan talablarni kuchayishiga olib keladi. Buning asosida texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimining takomillashishi mashina traktor parki tarkibining o‘zgarishiga, parkning yoshiga, foydalanish sharoiti va boshqalarni belgilaydi. Bunda rejali-ogoxlantiruvchi tizimning prinsipial o‘zgarishi quyidagi harakatlarda (qadamlarda): maxsulot, uning elementlarining ish qobiliyati rezervlash yoki belgilangan xizmat muddati doirasida o‘zini-o‘zi tiklash usullari bilan bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bu erda 2-ta qaror bo‘lishi mumkin: yoki ishdan chiqish extimoli juda kam bo‘lgan absolyut ishonchli maxsulotdan foydalanishi, yoki o‘zini o‘zi tiklashga qaratilgan boshqa loyihalash prinsiplarini qo‘llash. 229 Bularga oddiy misol qilib zamonaviy avtomobillar va traktorlarda qo‘lanilayotgan o‘zini o‘zi rostlaydigan mexanizmlarni keltirish mumkin. Bu bosqichda ishonchlilik va boshqa sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlarni mujassamlashtirish, ishlov berish va qo‘llash amalga oshiriladi. Bu bosqichda kollektiv banklarni yaratish, mashina traktor parkini axborot bazasini kengaytirish, tajriba almashish, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimini takomillashtirish amalga oshiriladi. Markaziy axborot bazalar bankining yaratilishi ilg‘or hisoblash texnikasi, aloqa vositasi, mutaxassislardan yuqori tejamli foydalanish imkonini beradi. Yirik klaster tizimi va mashina traktor parkinida statsionar diagnostik qurilmalarga doim ulanadigan, 10-20 parametrlarni texnik xolatini nazorat qiluvchi bortovoy datchiklar tizimi ishlab chiqiladi. Bu tizimlar keyinchalik maxalliy ishlab chiqarish korxonalarda ishlab chiqarilishi va mashina traktor agregatlarida qo‘llanishi yo‘lga qo‘yiladi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling