243
Nazorat savollari:
1. Mashinalarni chiniqtirishning vazifasini ayting.
2. Texnik xizmat ko‘rsatishning turlarini ayting.
3. Tartibli yoki reglamentli texnik xizmat ko‘rsatishlar tarkibini va ularni
bajarish muddatlarini tushuntiring.
4. Texnik xizmat ko‘rsatishning preverantiv (o‘zuvchan) usulining
afzalligini ayting.
5. Texnik tashxislashning maqsadi va vazifasini ayting.
6.
Tashxislashning
innovatsion
usullarini
ayting
va
ularni
mohiyatini tushintiring.
7. Tashxislashda
foydalaniladigan
fizik
jarayonlarga
ko‘ra
tashxislash usullarini ayting.
244
27-§. Texnik servis korxonalari. Texnik servisni tashkil etishda
dilerlik xizmatining o‘rni
27.1-§. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida texnik servisning
rivojlanish tendensiyalari
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish,
boshqacha qilib aytganda sifatli texnik servis kursatish masalalariga doimo alohida
e’tibor berilgan [22, 24, 32, 33].
Ishlab chikarishda texnik servis quyidagi kompleks xizmatlardan iboratdir:
■
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishida
bevosita faoliyat
yuritadigan sub’ektlarning mashina-mexanizm va ularga ko‘rsatiladigan
xizmatlarga bo‘lgan buyurtmalar va ehtiyojlarini o‘rganish;
■
informatsion-konsultativ xizmatlar ko‘rsatish;
■
buyurtmachilarni mashinalar-mexanizmlar, qurilmalar va ehtiyot qismlar
bilan ta’minlash;
■
mashinalarni sotishga tayyorlash, texnologik
komplektlash ishga
tushirish va sozlash ishlarini bajarish;
iste’molchilarni mashina va qurilmalarni ishlatish koidalariga o‘rgatish;
■
mashinalarni diagnostika qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
■
texnika vositalarini ta’mirlash;
■
ijara, prokat xizmatlarini kursatish;
■
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini
sifatli bajarishni
ta’minlovchi iste’molchilarning mexanizatsiyalashgan,
transport va boshqa
ishlarini buyurtmalar asosida bajarib berish;
Do'stlaringiz bilan baham: