247
1961 yilda asosiy vazifalari kolxoz va sovxozlarga tegishli texnika
vositalariga
texnik
xizmat
ko‘rsatish va ularni ta’mirlashdan
iborat
“O‘zqishxo‘jtexnika” birlashmasi tashkil etildi (84-rasm).
84-rasm. “O‘zqishxo‘jtexnika” birlashmasi tizimlari
1995 yildan “Qishxo‘jtexnika’’ tuman bo‘limlari negizida tuman mashina-
traktor parklari (MTP)ni tashkil etish boshlangan. Xozir kunda Respublikamizning
barcha tumanlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi "O‘zagroservis"
AJning hududiy "Agroservis MTP" MCHJlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2003 yildan boshlab tugatilgan barcha shirkat xo‘jaliklarining
markaziy
ta’mirlash ustaxonalari negizida muqobil mashina traktor parklari (MTP) tashkil
etildi.
248
Bunday shaklga o‘tishga bir qator omillar asos bo‘ldi,
jumladan, texnik
xizmat ko‘rsatish
zvenolari, ya’ni ijrochilari va mahsulot etishtiruvchilar, ya’ni
kolxoz, sovxoz, fermerlar orasidagi munosabatlar
iqtisodiy qiziqishlarga
asoslandi, O‘zbekistonda qishloq xujaligi texnikalariga ko‘rsatiladigan texnik
xizmatlar tizimi ma’lum
darajada shakllandi, bu tizim respublika,
viloyat va
tuman doirasida faoliyat ko‘rsatdi (85-rasm).
85-rasm. “UZCASESERVISE” qo’shma korhonasi tuzilmasi
Texnik xizmat ko‘rsatish iste’molchilari respublika darajasida Qishloq va
suv xo‘jaligi vazirligi (mexanizatsiya boshqarmasi),
Respublika fermer
xo‘jaliklari uyushmasi (texnika ta’minoti bo‘limi); viloyat boshqarmalari, fermer
249
xo‘jaliklari uyushmasi viloyat vakilligi; tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi,
fermer xo‘jaliklari uyushmasi tuman vakilligi hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: