Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Oddiy avtomatlashtirilgan tashhis tizimining shartli sxemasi
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirilgan tashhis tizimi (
81-rasm. Oddiy avtomatlashtirilgan tashhis tizimining shartli sxemasi
239 Buning natijasida electron hisoblash mashinasida tashxisdan o‘tkazilgan texnik vositaga texnik xizmat ko’rsatish yoki tamirlash ishlarining mazmuni yozilgan bo‘lishi kerak. Avtomatlashtirilgan tashhis tizimi (ATT) - texnika vositasiga texnik xizmat ko’rsatish jarayonida uning texnik holatini avtomatik baholash vositalari komplekti kiradi. ATT quyidagilardan tuzilgan : a) tashxis ob’ektidan diagnostik axborotni qabul qiluvchi datchiklar to‘plami; b) datchiklardan signallarni qabul qilib, ularga ishlov berib qulay holga keltiruvchi o‘zgartgichlar; v) diagnostik axborotni baholash va elektr signallari sifatida oxirgi natijalarni beradigan axborotga ishlov berish moslamalari; g) axborot tashuvchida (disket) muhrlangan tashxis natijalarini beruvchi axborot moslamalari. ATTdan foydalanishda uzluksiz axborot beradigan datchiklarni ishlatish imkoni bo‘lmaydi (Masalan, tormoz diagrammalari yoki kuchlanishlar ossillogrammalari). Axborot uzlukli (diskret) tarzda olinishi kerak, bu holat amaldagi diagnostik o‘lchov asboblari qo‘llanishini ma’lum darajada chegaralaydi. Istiqboldagi diagnostik datchiklar quyidagilar hisoblanishi mumkin: - Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar - Kontaktsiz (agregatni bo‘laklarga bo‘lmasdan yorug‘lik nuri, magnit yoki issiqlik maydoni yordamida amalga oshiriladi) - Diagnostik datchiklar. - Stroboskoplar - Transport vositasiga o‘rnatilgan diagnostik datchiklar. Ular agregat va mexanizmlarga o‘rnatilib, tashxis jarayonlarini tezlashtiradi va ATTning elementlari bo‘lib xizmat qiladi. O‘rnatilgan datchiklar harorat, bosim, kuchlanish hamda tormoz suyuqligi, yonilg‘i va moy sathidan tashqari ayrim uzellarning eyilish darajasi haqida 240 (masalan, podshipniklar halqalariga yopishtirilgan tenzodatchiklar yordamida ularning eyilishlari aniqlanadi) axborot beradi. ATT larda electron hisoblash mashinasi qo‘llanadi. CHet el tajribasi. a. Tashxis jixozlari ishlab chiqaradigan chet el firmalari mutaxassislarining fikricha, texnik xizmat ko’rsatish sohasi texnikalar ishlab chiqarish sohasidan orqada qolmoqda. SHuning uchun tashxisni ikki sohaning rivojlanish darajalarini bir-biriga yaqinlashtirish va yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni kamaytirish vositasi deb qaraydilar. b. CHet ellarda avtomatlashtiriligan diagnostik tizimlarni ishlab chiqarish rivojlangan. Nazorat - tashxis qo‘yish. Nazorat jarayonida tadqiq etilayotgan tizim bir butun tarzda ko‘riladi. Tashxis qo‘yish jarayonida bir butun tizim va uning elementlari ko‘rib chiqiladi. Chunki, tizimning holati uning elementlari holatining funksiyasidir. Tashxis qo‘yishning vazifasi tizimning u yoki bu holati sababini uning elementlari holatiga bog‘lab aniqlashdir. Tashxis qo‘yishni nazorat operatsiyalarini bajarmasdan turib amalga oshirish mukin emas. Avtomatik nazorat nazariyasi butun ob’ekt va uning holatini aniqlash uchun usul va vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Tashxis qo‘yish uchun muhim bo‘lgan omillar nazorat uchun zarur bo‘lmasligi mumkin va aksincha, nazorat uchun muhim omil texnik tashxis uchun ham muhim bo‘lishi mumkin. SHuning uchun nazorat ob’ektlari modellari tashxis ob’ektlari modellaridan mavhumroq va umumiyroq bo‘ladi. Tashxis ob’ektlari modellari. Tashxis qo‘yish jarayonida bevosita ob’ekt tadqiq etilmasdan, balki uning ideallashtirilgan modeli tadqiq etiladi. Real texnik tizim birorta model bilan almashtiriladi. Tashxis jarayonlari va ob’ektlarning matematik modellarini qurish quyidagi asosiy vazifalarning tahlili bilan birga olib boriladi: - buzilgan elementlarni topishda diagnostik testlar qurish usullarini ishlab chiqish; 241 - tashxisning eng maqbul dasturini ishlab chiqish. Tashxis ob’ektlari modellarining quyidagi turlari mavjud: Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling