Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Mashina traktor agregatlarining texnik xolatini boshqarish


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

26.2-§. Mashina traktor agregatlarining texnik xolatini boshqarish 
Tashxis qo‘yish. Texnikaviy tashxisning maqsadi - mashina traktor 
agregatlarini bo‘laklarga ajratmasdan turib uning texnik holati va nosozliklari
sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarflari yordamida aniqlashdir, unga texnik 
xizmat ko’rsatish va tamirlash bo‘yicha tavsiyanomalar berishdir. 
Texnik tashxisning vazifalari – qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchlilik 
va chidamliligini yuqori darajada saqlab, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash
uchun ehtiyot qismlar va ekspluatatsion materiallr sarfini kamaytirishdir. Pirovard 
natijada tashxis qishloq xo’jaligi texnikalarining samaradorligini oshirishga, ya’ni 
ularning unumdorligini oshirib, bajaradigan ishi tan-narxini kamaytirishga 
qaratilgan. 


235 
Foydalanish jarayonida sodir bo‘ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini 
olish qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchliligini va yuqori samaradorligini 
saqlab turishning asosiy shartlaridan biridir. 
Texnik holat tashxisi deb, har xil texnik holatlarning yuzaga kelishini 
nosozliklarni aniqlashning usul va vositalarini o‘rganadigan, ob’ektni bo‘laklarga 
ajratmasdan uning istiqboldagi ish resursini aniqlaydigan bilimlar tarmog‘iga 
aytiladi. 
Tashxis qo‘yish deb, agregat va mexanizmlarning texnik holatini bo‘laklarga 
bo‘lmasdan aniqlash texnologik jarayoni va kerakli texnik xizmat ko’rsatish va 
tamirlash ishlarini o‘tkazish zarurligi bo‘yicha xulosa chiqarishga aytiladi. 
Tashxis quyish mexanizmning texnik holati to‘g‘risida axborot beruvchi 
tashqi belgilar bo‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo‘lmagan 
buzilishlari va ularni bartaraf etish uchun kerakli ta’mir ishlarini aniqlash 
imkoniyati hamda mexanizmning soz ishlash resursi va profilaktika ishlarining 
zarurligi begilanadi. 
Mashina traktor agregatlari tashxisi korxonada texnik xizmat ko’rsatish va 
tamirlash jarayonlarining bir qismi hisoblanadi. 
Nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda o‘z vaqtida 
profilaktika ishlarini o‘tkazish eyilish jarayonlari jadalligini pasaytirish, 
buzilmasdan ishlash ehtimolligini oshirish va ta’mir ishlarini iloji boricha 
kamaytirish imkonini beradi. 
SHunday qilib, tashxis mashina traktor agregatlarining buzilmasdan 
ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jixatidan baholash va bu 
xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan moto-apst chegaralarida oldindan aytib 
berish imkonini yaratadi. 
Tashxisning 
keyingi 
rivojlanishi 
mashina 
traktor 
agregatlari 
konstruksiyalarining takomillashishiga, tashxis tizimlarining avtomatlashtirish 
darajasiga va ularning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bu tadbirlar texnik xizmat 
ko’rsatish va tamirlash texnologik jarayonlari boshqaruv sifatini yaxshilash 
maqsadida amalga oshiriladi [34, 35, 36]. 


236 
Mashina traktor agregatlari 
tashxisi rivojlanishining asosiy masalalarini 
echish tashxis qo‘yish usullarini, vositalarini, me’yoriy ko‘rsatkichlarini va 
algoritmlarini ishlab chiqish, tashxis qo‘llanishining optimal texnologik va 
tashkiliy prinsiplarini qabul qilish, tashxis jarayonlarini takomillashtirish 
maqsadida statistik materiallar to‘plash va tashxisning iqtisodiy samaradorligini 
oshirishga bog‘liq. 
Tashxisning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va tashxis qo‘yish ishlarini 
keng avtomatlashtirish imkonini beradi. 
Tashxisning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: joriy ta’mirlash sarflari 
8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg‘i sarfi 2... 5% ga 
kamayadi; fgregatlar ish unumining ortishi 3...5% ga ko‘payadi. 
Tashxis jarayonlari quyidagi operatsiyalardan tashkil topgan: 
a) ob’ektning xozirgi laxzadagi texnik holatini aniqlash (tashxis qo‘yish); 
b) ob’ektning kelgusidagi texnik holatini aniqlash (oldindan bashorat 
berish); 
v) ob’ektning o‘tgan zamondagi texnik holatini aniqlash (o‘tmishga nazar 
tashlash - retrospeksiya yoki genetika). 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling