Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
25.6-§. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari Texnik xizmat ko‘rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan: - xizmat ko‘rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng uning oqibatini yo‘qotish uchun amalga oshiriladi; - xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning miqdori yoki yoqilg‘i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) bo‘yicha amalga oshiriladi; - xizmat ko‘rsatish tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika tizimi va davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi. Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo‘llaniladi. Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajariladi. Bu strategiyani ikkinchisi Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida keng qo‘llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan. Uchinchisi ko‘proq istiqbolli bo‘lib, mashinalarda murakkab elektron jihozlari o‘rnatilishi va texnik servis o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis 225 anjomlarining qo‘llanishi va yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni taqqoza etadi. Hozirgi kunda texnik xizmat ko‘rsatishning preverantiv (o‘zuvchan) strategiyasi taklif etilmoqda. Bu strategiyaning texnik servis tadbirlarini muqim texnik servis shahobchalarida zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalanilgan holda mavsumlar oralig‘ida yoki mavsumdan oldin amalga oshirishdan iborat. Bunday strategiyada, texnik servisda mehnat sarfi me’yoriy qiymatdan 2-4 marotaba yuqori bo‘lishiga qaramasdan nosozlikning yuzaga kelish oralig‘i 30% oshganligi aniqlangan. Respublikamizda g‘alla kombaynlari, paxta terish mashinalari, haydov traktorlari bilan ta’minlanish darajasi yuqori bo‘lmagan hozirgi davrda, mavsumiy ishlarda foydalaniladigan texnikalarga texnik servisni prevantiv strategiya bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. - Qishloq xo‘jaligi mashinalarini qayta tiklash va texnik xizmat ko‘rsatishning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun axborat almashishning avtomatlashgan tizimi va ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi. - Texnik servisni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari: - texnik servis uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish; - texnik servisga oid me’yoriy, uslubiy, huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish; - texnik servisda ishlatiladigan nazorat va diagnostika vositalarini ishlab chiqish; - zavodlarning joylardagi tayanch punktlari orqali firmaviy texnik servisning diler modelini joriy qilish; - mashinani xizmat muddati tugagandan so‘ng egasidan qaytarib sotib olish va zavodlarga yuborib, u erda takomillashtirilgan variantda qayta ishlab chiqarish va arzon narxda sotishni yo‘lga qo‘yish; - texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatishda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish va kengaytirish 226 - tashxislash, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini kompyuterlashtirish, ularni avtomatik boshqarish tizimini joriy etish va boshqalar. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling