Mashinalaridan foydalanish, texnik
-jadval Qishloq xo‘jaligi texnikalariga tavsiya etiladigan texnik xizmat ko‘rsatish
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
13-jadval
Qishloq xo‘jaligi texnikalariga tavsiya etiladigan texnik xizmat ko‘rsatish turlari Texnikalar guruhlari Texnik xizmat ko‘rsatish turlari ST X K 1 -TXK 2 -TXK 3 -TXK MT X K MSH T X K Traktorlar + + + + + + Kombaynlar, o‘ziyurar va tirkama murakkab mashinalar + + - - + - Em-xashak yig‘ishtirish mashinalari, o‘simlikni himoya qilish mashinalari, tirkama va yarim tirkama mashinalar + - - - + - Er haydash, ekish, o‘g‘it solish va mahsulotni qayta ishlash mashinalari + - - - + - 223 Izoh: (+) - texnik xizmat ko‘rsatilishini, (-) – ko‘rsatilmasligini bildiradi. Belgilangan xizmat ko‘rsatishlar davrlaridan og‘ishish mashinalardan foydalanishda buzilishlar keskin ko‘payib, ish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Masalan, traktor sifatli rostlanmasa yoqilg‘i sarfi oshadi, quvvati tushib, ish sifati pasayib ketadi, agregat tez buziladi, ta’mir xarajatlari ortadi. Qishloq xo‘jalik mashinalarini ishga rostlash sifatli bajarilmasa agrotexnologik jarayon buziladi, agrotadbir sifatsiz bajariladi, nihollar zararlanadi, hosil miqdori kamayadi. Qishloq xo‘jalik mashinalari uchun esa har kunlik va mavsumiy davrlarda texnik xizmatlar ko‘rsatilib, ularning bajarish muddatlari ushbu mashinalardan foydalanish mavsumlar bilan belgilanadi. Texnik xizmat ko‘rsatishlarning davrlari va ularda bajariladigan ishlarning turlari texnikalarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik korxonalari konstruktorlik va servis xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Bunda texnikaning qismlari, birikmalari, agregatlari va detallarining ishlash sharoitlarini hamda qo‘llaniladigan moylash materiallarining xususiyatlarini xarakterlovchi ko‘rsatgichlarining o‘zgarishi bo‘yicha o‘tkazgan laboratoriya va dala eksperimntlari natijalari orqali, ya’ni quyidagi puxtalik ko‘rsatgichlari – buzilmasdan ishlash yoki uzluksiz ishlash davomiyligi, chidamliylik va yaroqsiz holatga etgunga qadar ishlash davomiyligi, ta’mirlashga yaroqlilik - mashinaning texnik xizmat ko‘rsatishga, tashxislash va nosozlikni bartaraf etishga, ta’mirlashga moslashganligi, saqlanuvchanlik – mashinaning saqlash va tashish chog‘ida ishga yaroqsizligini ushlab turish xossalari orqali aniqlanadi. Texnik xizmat ko‘rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan: - xizmat ko‘rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng uning oqibatini yo‘qotish uchun amalga oshiriladi; - xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning miqdori yoki yoqilg‘i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) bo‘yicha amalga oshiriladi; 224 - xizmat ko‘rsatish tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika tizimi va davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi. Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo‘llaniladi. Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajariladi. Ikkinchi strategiya Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida keng qo‘llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan. Uchinchisi ko‘proq istiqbolli bo‘lib, mashinalarda murakkab elektron jihozlari o‘rnatilishi va texnik servis o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis anjomlarining qo‘llanishi va yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni taqqoza etadi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling