Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Qishloq xo’jalik texnikalarini yaratish va foydalanish


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

26.3-§. Qishloq xo’jalik texnikalarini yaratish va foydalanish
bosqichlarida tashxisni ta’minlash 
Qishloq xo’jalik texnikalari loyihalayotganda texnik topshiriqni ishlab
chiqish bosqichida quyidagilar belgilanadi: 

foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, tashxis turlari, davriyligi va 
mehnat hajmi; 

tashxisning qoidalari va ketma-ketligi

tashxis parametrlarining ro‘yxati va texnikaning texnik holatini 
bildiradigan, nuqsonlar qidirishni ta’minlaydigan sifat belgilari; 

strukturaviy diagnostik parametrlarning nominal, yo‘l qo‘yiladigan va 
chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining ish (dala) sharoitiga bog‘liqligi; 


237 

parametr o‘lchamlarining aniqligiga qo‘yiladigan talablar; 

tashxis vositalari ro‘yxati va mashina traktor agregati, uning tarkibiy 
qismlarining tashxis o‘tkazilayotgandagi ish rejimlari; 

mashina traktor agregatining nazoratga yaroqlilik ko‘rsatkichlariga

quyiladigan talablar; 

tashxis qo‘yish vaqtida mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasiga
qo‘yiladigan talablar. 
Foydalanuvchi mashina traktor agregatiini ishlatishdan oldin, foydalanish 
jarayonida texnikaviy shartlar va texnik xizmat ko’rsatish va tamirlashni o‘tkazish 
bo‘yicha yo‘riqnomaga asosan tashxisni tashkil qiladi va o‘tkazadi. 
Har bir tashxis qo‘yish natijalari tashxis harita va jamg‘arma haritasiga 
yoziladi. 
Tashxis qo‘yish natijalari asosida mashina traktor agregatiini kelgusida 
ishlatish yoki ta’mirlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Mashina traktor agregatidan foydalanuvchi texnik xizmat ko’rsatish va 
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi: 

texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash larni bajarayotganda tashxisni 
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tipik texnologik jarayon haritasini; 

tashxis qo‘yish haritasini; 

jamg‘arma haritani

tashxis, jamg‘arma ma’lumotlari va axborotga ishlov berish bo‘yicha 
hisob-kitob xujjatlari majmuini. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling