54
14-rasm. Agregatning dalada Harakatlanish turlari
Dalaning uzunligini eniga nisbatiga qarab agregat tomonidan bosib o‘tilgan
umumiy yo‘lning o‘rtacha 8-12 foizi, qisqa bo‘lgan dalalarda esa 40 foizgacha
qismi salt yurishlarni tashkil etishi mumkin.
Dala sharoitida har bir ishni bajarish paytida salt yurishlarni uch guruhga
bo‘lish mumkin, ya’ni dalaga kirish
va dala oxirida burilish, qamrash kengligi
to‘liq bo‘lmaganda va bir daladan ikkinchi dalaga o‘tishdagi salt yurishlarga
bo‘linadi.
Birinchi ikki guruh salt yurishlar dalada texnologik
ishni bajarish bilan
bog‘liq bo‘lib, ular paykalning shakli va o‘lchamlarini aniq belgilanishi hamda
qabul qilingan Harakatlanish usuli va mexanizatorning agregatni boshqarish
qobilyatiga bog‘liqdir.
SHuning uchun dala va agregatning o‘lchamlarini
hisobga olgan holda
agregatning daladagi Harakatlanish usulini to‘g‘ri tanlash, uning texnik-iqtisodiy
va sifat ko‘rsatgichlarini yuqori bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Salt yurish
Ish yurish