Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Agregatning kinematik o‘lchamlari


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

15-rasm. Agregatning kinematik o‘lchamlari: 
a, b, v, g, d – mos ravishda bitta etakchi o‘qi bo‘lgan uch g‘ildirakli va to‘rt 
g‘ildirakli, ikkata etakchi o‘qi bo‘lgan to‘rt g‘ildirakli va zanjirli, sharnirli asos 
bo‘lgan g‘ildirakli traktorlarda agregat markazining joylashishi; e, j – mos ravishda 
to‘g‘ri chiziqli Harakatlanishda va burilishda uch g‘ildirakli traktorning kinematik 
o‘lchamlari. 
Agregatning k i n e m a t i k k e n g l i g i (dk) - agregatning kengligi 
bo‘ylab joylashgan ish mashinalarining chekka nuqtalaridan boshlanadigan 
masofa. 
Agregatning k i r i s h ch i q i sh u z u n l i g i (e) – burilish vaqtida 
o‘simliklarni shikastlamaslik uchun (qator orasida ishlashda) va hosilni isrof 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun (paxta terishda) agregatni burilish joyidagi 
nazorat chizig‘idan tashqariga chiqarish lozim bo‘lgan masofa. 


57 
7.3-§.  Agregatni burilish radiusi 
Agregatning b u r i l i sh r a d i u s i (R) –agregat markazi bilan burilish 
markazi orasidagi masofaga aytiladi.
Agregat salt burilish paytida eng kichik radius bilan burilishi kerak, chunki 
bunda uning salt yurish yo‘li kichik bo‘ladi. SHu bilan birga agregat 
burilayotganda barcha g‘ildiraklari yonga surilmasdan aylanishi lozim, aks holda 
deformatsiya ro‘y berishi va sinishi mumkin, bu esa burilish tadiusining yo‘l 
qo‘yilmaydigan darajada kichikligidan dalolat beradi. 
Agregatning eng kichik burilish radiusi traktorning burilish radiusiga, 
tirkagich va ish mashinalaring o‘lchamlariga hamda uning tezligiga bog‘liq holda 
tajribalar asosida aniqlanadi:
a
ctg
L
R
b
o



Bu erda α – yo‘naltiruvchi g‘ildirakning burilish burchagi, grad.; a –to‘rt g‘ildirakli 
traktorning ikki yo‘naltiruvchi (oldingi) g‘ildiraklar burilish nuqtalari orasidagi 
masofani yarmi, m. 
O‘rnatma va osma agregatlarni burilish radiusi traktorning eng kichik 
burilish radiusiga teng qilib olinishi mumkin. 
Keng 
qamrovli 
tirkama 
agregatlar uchun agregatni yo‘l qo‘yiladigan burilish radiusi uning qamrash 
kengligiga teng qilib olinadi. 
Agregatni har bir kilometr oshiqcha salt yurishi uning ish unumini 
kamayishiga va yoqilg‘i sarfini oshishiga olib keladi. Demak agregatning salt 
yurishida ish bajarilmasligini hisobga olib, uning Harakat shakli va dala 
o‘lchamlarini shunday tanlash kerakki, bunda salt yo‘lning uzunligi eng kam 
bo‘lsin. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling