Mashinalaridan foydalanish, texnik


  Boshqa barcha ishlar  Sirtmoqsiz doira bo‘ylab burilish


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 

Boshqa barcha
ishlar 
Sirtmoqsiz
doira bo‘ylab
burilish
 


61 
SHuni esda tutish kerakki, dala oxirida sirtmoqsiz burilish uchun 
sirtmoqsimon burilishdagiga nisbatan ensizroq joy talab qilinadi, bu esa daladan 
unumli foydalanish uchun juda muhim hisoblanadi.
Burilish usullarini tanlashda agregatning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari 
yuqori bo‘lishi asosiy mezon hisoblanadi. SHunday qilib, paxtachilikda 
mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda faqat sirtmoqsiz burilishlar - doiraviy 
va to‘g‘ri chiziqli qismi bor burilishlardan iborat Harakat usullaridan foydalangan 
ma’qul. Bu burilishlarni amalda bajarish oson va qulay. 
Dalalar atrofini himoya daraxtlari o‘rab turganligini hisobga olgan holda
burilish yo‘lagini eni agregatning yarim kengligiga (0,5dk) teng masofada 
kengaytirish talab etiladi. SHu bilan birga burilish yo‘lagiga ishlov berish uchun 
uning kengligi agregatning qamrash kengligini butun katta soniga teng qilib 
olinadi. 
8.2-§.  Agregatlarning harakatlanish usullari 
Qishloq xo‘jaligi agregatlari dala ishlarini bajarishda 3 usulda harakatlanishi 
mumkin (8-rasm).  
D o i r a v i y x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov 
berilayotgan dalaning hamma tomoniga parallel bo‘ladi. Bu usulda agregat dala 
chetidan o‘rtasiga yoki o‘rtadan chetga harakatlanadi, bunda agregat ish yo‘lida
90
0
burchak ostida burilib,salt yurishsiz harakatlanadi (18a-rasm). 



18-rasm. Agregatlarning doiraviy (a), bo‘ylama (b) va
diagonal (s) harakatlanish usullari 


62 
B o‘ y l a m a x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov 
berilayotgan dalaning hech bo‘lmasa bir tomoniga parallel bo‘ladi. Bo‘ylama 
Harakatlanish usuli amalda ko‘proq qo‘llaniladi, bu usulda agregat paykal bo‘ylab 
to‘g‘ri chiziqli Harakatlanib ishlaydi, paykallar oxiridagi burilish yo‘lagida salt 
yurishlar bajaradi (18b-rasm).
D i a g o n a l x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov 
berilayotgan dalaning tomonlariga nisbatan burchak ostida bo‘ladi. Diagonal 
Harakatlanish usuli kam bo‘lib, asosan erni ekish oldidan ishlashda (tirmalash) 
qo‘llaniladi. Bunda agregat diagonal mokkisimon va diagonal- kesishma ko‘rinishi 
bo‘yicha Harakatlanadi (18s-rasm).
Bu usullarning xillari ko‘p. Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan bo‘ylama Harakat ko‘rinishlari 3-jadvalda keltirilgan. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling