Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Agregat ish unumini oshirishning asosiy zaxiralari


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

10.3-§. Agregat ish unumini oshirishning asosiy zaxiralari 
Agregatlar ish unumi darajasiga tashkiliy-xo‘jalik, texnikaviy, tashkiliy-
texnologik va sotsiologik omillar qatta ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkiliy-xo‘jalik zaxiralari:

er maydonining kattaligi va ekin turlariga qarab fermer xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini mexanizatsiyalash uchun talab etiladigan mashina turlari va 
miqdorlari aniqlash.
SHuni unutmaslik kerakki, mashinalarning me’yordan ortiqchaligi ham
kamligi ham xo‘jaliklarga zarar keltiradi;

mashinalarni yil davomida maqbul yuklanishini ta’minlash;

asosiy ekinlardan, shu jumladan g‘alladan bo‘shagan maydonlarga 
takroriy yoki oraliq ekinlarni ekish;

agregatlarni smenaviy (kundalik) ish unumini keskin oshirish (dvigatel 
nominal quvvatidan 30-40% kam foydalanish yonilg‘i solishtirma sarfini 
10-12 foizga oshirib yuboradi);


74 

fermer xo‘jaliklarida dalachilik ishlarining ketma-ketligiga qat’iy amal 
qilish;

alohida mashina, mashinalar guruhi va butun (yaxlit) mashina parki 
ishini operativ boshqarish (mashinalarni otryad usulida ishlatish, 
dispetcherlik xizmatini yo‘lga qo‘yish).
Texnikaviy zaxiralari:

mashina detallari, uzellari, ayniqsa texnologik materiallar bilan o‘zaro 
ta’sirda bo‘lgan ishchi qismlar puxtaligini oshirish (buzilishlar soni 
keskin kamayadi);

traktor 
(dvigatel) 
quvvatidan 
to‘la 
foydalanish 
(traktorni 
kombinatsiyalashgan va keng qamrovli mashinalar bilan agregatlash);

ruxsat etilgan qiyalikdagi tayanch tekisliklari bo‘ylab harakatlanish 
(qiyalik burchagi me’yorda bo‘lgan dalalarda ishlash);

agregatning salt harakati ulushini kamaytirish (yonma-yon joylashgan 
dalalardagi texnologik operatsiyalarni navbati bilan bajarish); 

g‘ildiraklarning shataksirab ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik (loy yoki namligi 
me’yordan ortiq dalalarda ishlamaslik, shina protektorlari va zanjir 
tishlarini edirilmagan bo‘lishi);

mashinalarni 
optimal 
yuklanish-tezlik 
rejimlarida 
ishlatish 
(agrotexnologik tezlikda ishlatish); 

daladagi 
tuproqning 
mexanik-fizik 
xususiyatlari 
va 
ekinlar 
hosildorligidan kelib chiqib, tuproqqa ishlov beruvchi va o‘rim-yig‘im 
texnikalarining ish tezliklarini o‘rnatish;

mashinalarni zo‘riqishlardan saqlovchi va avtomatik qurilmalar bilan 
jihozlash.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling