Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
Nazorat savollari: 
 
1. Mashinaning ish unumi o‘lchovlariga qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Mashinaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati deganda nimani tushunasiz? 
3. Qanday mashinalarda o‘tkazuvchanlik qobilyati aniqlanadi?
4. Mashinaning texnikaviy samaradorligi deb nimaga aytiladi? Uning 
mohiyatini tushuntiring. 
5. Mashinaning texnikaviy samaradorligini asosiy tuzuvchilarini ayting. 
6. Operatorning mahoratiga bog‘liq ko‘rsatgichni ayting va uning eng 
yuqori miqdoriga qachon erishiladi? 
7. Qanday o‘lchamdagi dalalarda mashinaning texnikaviy samaradorligi 
yuqori bo‘ladi? 
8. Texnikaviy samaradorlikni oshirishda qanday turdagi agregatlardan 
foydalanish yuqori samara beradi?


90 
 
13-§. Agregat ish unumini oshirishda zamonaviy boshqarish
usullar
 
 
 

 
13.1-§. Mashina va traktorlarni tanlash tartibi 
va ko‘rsatgichlari 
Agregatlarning ish unumini oshirishning asosiy shartlaridan biri ularni 
tuzishda tashkil etuvchilari bo‘lgan mashina va traktorlarni to‘g‘ri tanlash 
hisoblanadi. 
Mashinalarni tanlash ko‘rsatgichlariga quyidagilar:
- mashinalarni yil davomida ishlatish; 
- mashinani ishlov beriladigan materiallarga, ayniqsa tuproqqa salbiy 
ta’sirini minimumga kamaytirish; 
- tanlangan mashinani qo‘llashdan eng ko‘p iqtisodiy samara olish 
imkoniyatlari kiradi. 
Tanlangan traktorlar quyidagi talablarni: 
- traktorlar quvvati va tortish xossalari bo‘yicha mazkur mintaqa yoki 
fermer xo‘jaligi (fermerlar uyushmasi) sharoitlaridagi ishlarning to‘liq 
bajarilishini;
- agregatlarning mazkur sharoitlarda yuqori ish unumi va eng kam 
foydalanish harajatlari bilan ishlatilishini; 
- barcha qishloq xo‘jalik mavsumlari davrida mumkin qadar undan to‘liq 
foydalanish va rejalashtirilgan texnologik jarayonlarni yuqori saviyada 
bajarilishini ta’minlashi kerak.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling