Mashinalaridan foydalanish, texnik
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
Uchinchi imkoniyat qo‘llashda shunday maqbul echimni topish kerakki
bunda fermer xo‘jaligini sharoiti uchun qabul qilinadigan variantlarning eng yaxshisini olish mahsadga muvofiq hisoblanadi. Respublikamizning tuproq-iqlim sharoiti va qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari traktorlarga muayyan talablarni qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtiriladigan maydonlar tog‘li, tog‘ oldi, tekislik va cho‘l mintaqalarda joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos 92 xususiyatlari va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqqoza etadi. Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatgichlariga , erning relefi, ekin maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi hamda ularga qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar hisoblanadi. Katta maydonlarga ishlov berishda va og‘ir ishlarni bajarishda(er haydash, tekislash, chuqur yumshatish va boshqalar) umumiy ishlarga mo‘ljallangan baquvvat g‘ildirakli va zanjirli traktorlar ishlatiladi. O‘simliklar qator oralariga ishlov berishda traktor talabdagi agrotirqishga ega bo‘lishi, eng asosiysi, ekinlarga shikast etkazmaslik uchun traktor yurish qismining eni (g‘ildirak shinasi va zanjirli lentani kengligi) o‘simliklarning ruxsat etiladigan himoya yo‘lagini ta’minlashi va tuproqqa ko‘rsatadigan bosimi kam bo‘lishi kerak. Bog‘dorchilik va uzumchilikda traktorlar nisbatan past bo‘yli va qisqa enli, sholichilikda yurish qismining eni katta bo‘lgan, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda erdan balandligi past bo‘lgan va eni kattaroq bo‘lgan maxsus traktorlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun kichik (mini) traktorlardan foydalanish yuqori samara beradi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling