Mashinalaridan foydalanish, texnik
Tashkiliy-texnologik zaxiralari
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 11-§. Qishloq xo‘jaligi agregatlaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari
Tashkiliy-texnologik zaxiralari:
- dalalarni mashinalarning ishlashi uchun tayyorlash; - har bir texnologik operatsiya uchun agregatni harakatlanish usulini tanlash; - dala agrofoni ko‘rsatkichlariga qarab mashinalarni rostlash; 75 - agregatlarga o‘z muddatida sifatli texnik xizmat ko‘rsatish (agregatlarni smena, kun va mavsum davomida beno‘qson ishlashi ta’minlanadi). - Sotsiologik zaxiralari: - har bir traktor, kombayn va mashinani bilimli, malakali mexanizator qo‘liga topshirish; - fermer xo‘jaliklari mashina saroylari, MTP ustaxonalarini malakali chilangarlar, muhandis-texnik xodimlar bilan butlash; - xodimlarni yangi texnika vositalarini boshqarish, ta’mirlash va ularga smenaviy, mavsumiy TXK qoidalarini o‘rgatish; - ish haqlarini o‘z vaqtida berib borish, namunali xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, mexanizator va chilangarlar mehnatini muhofazalash. Nazorat savollari: - Agregatning haqiqiy ish unumi nazariy ish unumidan qanday farq qiladi? - Agregatning haqiqiy ish unumini aniqlashdan qanday koeffitsientlardan foydalaniladi? - Agregatning qamrash kengligidan foydalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi va uning mohiyatini tushuntiring. - Agregatning tezligidan foydalanish koeffitsientining mohiyatini tushintiring. - mena vaqtidan foydalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi? Uni qanday oshirish yo‘llarini bilasiz? 76 11-§. Qishloq xo‘jaligi agregatlaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari Bu bobda mashina-traktor aregatlarining ish rejimlarini maqbullashning har xil usullari tahlil qilinadi, boshqa mualliflarning quvvatli dvigatellar va intellektual bortli axborot-boshqaruv tizimidan tashkil topgan mashina-traktor agregatlaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan ishlari bilan qisqa tanishtiriladi. Qishloq xo‘jaligi agregatlaridan foydalanish samarasini oshiruvchi omillar tahlil qilinadi [15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22]. Agregatning ish va salt yurishi tezliklarini hisobga oluvchi koeffitsient A operatorning mahoratiga bog‘liq bo‘lishi, salt yurish tezligi ish yurish tezligiga tenglashtirilganda (υ c =υ i ) foydalanish samaradorligining eng yuqori bo‘lishi, ishlov berish uzunligining ortib borishi dalaning bo‘yi va enini hisobga oluvchi koeffitsientni (V 1) kamayishiga, foydalanish samaradorligining ortishiga olib kelishi, kichik maydonlarga nisbatan katta maydonlarda agregatning foydalanish samaradorligining yuqori bo‘lishi, salt yurish uzunligi uning kinematik uzunligi va burilish radiusiga bog‘liqligi, kombinatsiyalashtirilgan va tirkama qishloq xo‘jalik mashinalardan tuzilgan agregatlardan faydalanishda samaradorligining kam bo‘lishi, osma va manyovrchanligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mashinalaridan tuzilgan agregatlardan foydalanishda samaradorligi yuqori bo‘lishi nazariy jihatdan tushuntiriladi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalaridan tuzilgan qishloq xo‘jaligi agregatlarining samarasini talab etiladigan maqbul o‘lchamdagi maydonlarda maqbul harakatlanishidan oshirish bo‘yicha nazariy asoslangan tavsiyalar beriladi. Qishloq xo‘jaligi agregatining foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar – er maydonining o‘lchamlari hamda agregatning ish rejimi va parametrlariga Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling