7.2-§.
Agregat Harakatining belgilovchi o‘lchamlari
Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda agregatning Harakati, agregat
markazining (A nuqta) troektoriyasiga (15-rasm) qarab aniqlanadi. Bu nuqta
shartli ravishda agregatning qolgan boshqa nuqtalarini aniqlash uchun
boshlang‘ich nuqta sifatida qabul qilingan.
A g r e g a t m a r k a z i bitta etakchi o‘qi bo‘lgan uch g‘ildirakli
(TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X) va to‘rt g‘ildirakli (TTZ-60.10, TTZ-80.10,
MTZ-80, 82) traktorlarda uning etakchi o‘qi markazi (15a,b-rasm), ikkita etakchi
o‘qi bo‘lgan g‘ildirakli (Magnum, Arion, Aksos) va zanjirli (T-4A, VT-100,
VT-150) traktorlarda tayanch yuzalari o‘rtasidagi nuqta (15v,g), sharnirli
biriktirilgan (K-701, T-150K) traktorlarda sharnir markazining Harakat tekisligiga
tushirilgan proeksiyalari (15d-rasm) qabul qilingan.
Agregat kinematikasini belgilovchi ko‘rsatgichlarga quyidagilar: traktorning
etaklovchi orqa g‘ildiraklari yoki zanjirlarning o‘rtasi orasidagi masofa (Ko) va
bo‘ylama bazasi (L),agregatning kinematik uzunligi (L
k
), kengligi (d
k
), chiqish
uzunligi (e) va burilish radiusi (R) kiradi.
Traktorning b o‘ y l a m a b a z a s i (L) deb g‘ildirakli traktorda
yo‘naltiruvchi va etakchi g‘ildiraklar o‘qlari, zanjirli traktorlarda esa chakka
tayanch g‘ildiraklar o‘qlari orasidagi masofaga aytiladi.
Agregatning k i n e m a t i k u z u n l i g i (L
k
) deb mashinalar to‘g‘ri
chiziq bo‘ylab Harakatlanganda agregat markazidan to eng uzoqdagi ishchi qismlar
joylashgan chiziqqacha bo‘lgan masofaga aytiladi.
Murakkab tirkalma agregatlarning kinematik uzunligi traktor, tirkama va
mashinaning kinematik uzunliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Osma va yarim osma
agregatlarning kinematik uzunligi agregat markazidan mashinaning eng uzoqdagi
ishchi qismlar joylashgan chiziqqacha bo‘lgan masofaga aytiladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |