Mashinalaridan foydalanish, texnik


Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini tanlash. X


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini tanlash. Xo‘jalikning ishlab 
chiqarish rejalarini bajarish uchun foydalaniladigan traktorlar va qishloq xo‘jaligi 
mashinalarining turlari va rusumlari tanlanadi.
Bunda xo‘jalikning alohida joylashish xususiyatlari, ya’ni er relefi, tuproq-
iqlim sharoiti, dalaning yuzasi va uzunligi, bajariladigan ishlarning turi hamda 
uning xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. 
Ko‘p energiya talab etiladigan umumiy ishlar (er haydash, chizellash, chuqur 
yumshatish va boshqalar) hamda yuzasi va uzunligi katta dalalardagi ishlarni 
bajarishda zamonaviy yuqori quvvatli AXION-850, MX-250, ARION-640S, 
MAGNUM, K-701, T-150K rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, 
xuddi shu ishlar, lekin kichik va o‘rtacha maydonlarda T-4A, VT-150, TS-6070, 
AXSOS-320S traktorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ekishdan oldin erlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, 
molalash, er tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 
rusumli zanjirli traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish, 
kultivatsiya qilish, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani 
defoliatsiya qilish, g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) ekinlar qator orasi 60-70 
sm bo‘lganda TTZ-60.11 va 90 sm bo‘lganda esa TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli 
chopiq traktorlaridan hamda etishtirilgan ekinlarning hosilini tashish ishlarida 
TTZ-60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan 
foydalanish yuqori samara beradi. 


115 
Mashina-traktor agregatlari va yonilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni 
aniqlash. Mashina traktor agregatlari va yonilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni 
hisoblash jadvali tavsiya qilinadigan “Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
parvarishlash va mahsulot etishitirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar” 
asosida tuziladi. 
Jadvaldagi 1; 2; 3; 4; 6; 7; 8; 9; 10; 11 va 15-ustunlarda berilishi kerak 
bo‘lgan ko‘rsatgichlar xo‘jalik bo‘yicha berilgan ekinlar turi bo‘yicha tuzilgan 
namunaviy texnologik xaritalarga asosan to‘ldiriladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling