Mashinalaridan foydalanish, texnik
Agregatdagi mashinalarning zarur sonini hisoblash
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajaruv- chilar
Agregatdagi mashinalarning zarur sonini hisoblash. Energetik vositalar
va qishloq xo‘jaligi mashinalari tanlangandan keyin ularning maqbul soni aniqlanadi. Agregatdagi mashinalar soni, shataklagich turi aniqlangach, agregat tuzishdagi barcha talablarga rioya qilgan holda mashina-traktor agregati tuziladi. SHundan keyin mashinalarning ishchi organlari rostlanadi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi: traktor, shataklagich va qishloq xo‘jaligi mashinasi texnik holatiga alohida e’tibor bergan holda tayyorlanadi. Umumiy qoidalarga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatiladi, qo‘shimcha jihozlar va qurilmalar (xatkashlar, izko‘rsatkichlar, ogohlantiruvchi signal asboblar va boshqalar) o‘rnatiladi; ishchi organlar (ekish normasi, qatorlar orasi, urug‘larni ko‘mish chuqurligi) rostlanadi; agregatni salt harakatlantirib va paykalda yuklama bilan ishlatib, tekshirib ko‘riladi. SHunda ishlarni yuqori darajada sifatli bajarilishiga oid talablarni hisobga olgan holda ishchi organlarning to‘g‘ri rostlanganligi aniqlab olinadi. 119 5-jadval Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish xaritasi Ishlab chiqarish jarayoni ______________________ t/r Xaritaning tarkibiy qismlari Ko‘rsatkichlar, boshlang‘ich ma’lumotlar, ish sharoitlari, sxemalar Bajaruv- chilar 1 Jarayonning sharoitlari O‘simliklarni joylashtirish sxemalari, dala maydoni, qatorlar orasi, solishtirma qarshilik, hosildorlik va boshqalar Agronom, injener 2 Agrotexnik talablar va sifat ko‘rsat-kichlari Ishlov berish chuqurligi, urug‘ va o‘g‘it sepish me’yori, to‘g‘ri chiziqli harakat va boshqalar Agronom, operatori 3 Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash Agregat sxemasi, agregatni ishga tayyorlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati va kinematik xususiyatlari ko‘rsatiladi Injener, operatori 4 Agregatning yurish ko‘rsatgichlari Traktorning uzatmasi va ishchi tezligi (km/soat) belgilanadi Injener, operatori 5 Agregatning daladagi Harakatlanish usuli Asosiy agregatning dala bo‘ylab Harakatlanish sxemasi hamda dala oxirida burilishi va dala bo‘ylab Harakatlanish usullari belgilanadi, ish yo‘llari koeffitsienti ko‘rsatiladi. Injener, operatori agronom 6 Dalani tayyorlash Qaytish yo‘lagini nazorat chizig‘i, agregatni birinchi Harakat chizig‘i, urug‘ solish yoki material yig‘iladigan sig‘imlarni bo‘shatish joylarini belgilash Agronom, operatori 7 Asosiy va yordamchi ishlarni tashkil etish ko‘rsatgichlari Ish unumi, yonilg‘i sarfi, mehnat sarfi, texnik servis va texnologik servisga vaqt sarfi Injener, agronom 8 Jarayon sifatining nazorati Foydalaniladigan asboblar va ish sifatining natijalari Agronom, operatori 9 Ishlarni bajarish-da xavfsizlik tex-nikasi qoidalari Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidala-ri, operator va yordamchi xizmatchilarga yaratila-digan shart-sharoitlar hamda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Agronom, operatori injener Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling