Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
 
 
 
 
17.1-§. Tuproqqa asosiy ishlov berishning o‘ziga xos xususiyatlari, 
texnologiyalari va agregatlari
 
Tuproqqa ishlov berishdan maqsad – o‘simlikning ildiz sistemasini kuchli 
rivojlanishi uchun eng maqbul tuproq-iqlim sharoitini yaratishdan iborat. 
Ekinlardan yuqori hosil olinishini ta’minlovchi tuproqning tarkibi quyidagicha, 
ya’ni, 25% havo, 25% suv va 50% tuproq zarrachalaridan iborat bo‘lishi zarur. 
Ushbu talabni amalga oshirish erga asosiy (er haydash) va ekishdan oldin
ishlov 
berish (tirmalash, molalash, yoppasiga yumshatish va tekislash) orqali erishiladi. 
Bunda sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida asosiy e’tibor tuproqda namlikni 
uzoq muddat saqlanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi [13]. 
Tuproqqa asosiy ishlov berishdan maqsad – o‘simliklarning ildiz 
sistemasini kuchli rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratish, mineral va mahalliy 
o‘g‘itlarni tuproqqa aralashtirish, bundan tashqari, begona o‘t qoldiqlari va
zararkunandalarni yo‘qotishdan iborat. 
Er haydash tuproqqa ishlov berishning asosoy usuli bo‘lib, bunda tuproq 
qatlami ag‘darib va ag‘darmasdan haydaladi. 
Mamlakatimizda tuproqqa asosiy ishlov berishning ag‘darib ishlash usuli 
keng tarqalgan bo‘lib, bu tadbir asosan kuzgi shudgor ko‘rinishida chimqirqarli va 
ikki yarusli pluglar bilan 35-40 sm chuqurlikda amalga oshiriladi. Ushbu tadbirni 
kuzgi shudgor ko‘rinishida amalga oshirilishi tuproqqa ko‘proq suvni singib 
Tayanch iboralar: erga asosiy va ekish oldidan ishlov berish 
usullari, erni ag’darib va ag’darmasdan haydash, ekishdan oldin 
ishlov berish tutlari, ishlov berish samaradorligi, innovatsion 
texnologiyalar va mashinalar. 


123 
ketishini yaxshilash, o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlamda ko‘plab suv 
to‘planishi va namlikni uzoq muddat saqlanishini ta’minlashdan iborat.
SHamol 
va 
suv 
eroziyasiga 
uchraydigan 
maydonlarda 
tuproqni 
ag‘darmasdan ishlash usuli qo‘llaniladi. Bunda maxsus pluglar (ag‘dargichi 
bo‘lmagan korpusli pluglar) va yassi chuqur yumshatgichlardan foydalaniladi.
Er haydash usullarini tanlashda tuproqning fizik-mexanik xossalari, 
joylarning tuproq – iqlim sharoitini va shudgorlash muddatlarini (29-rasm) 
e’tiborga olish muhim hisoblanadi

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling