Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Tirma tishining harakat


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
31-rasm. Tirma tishining harakat 
yo‘nalishiga nisbatan joylashishi 
SHo‘rlanmagan hamda yaxob suvi berilmaydigan dalalarni tirmalashda ikki 
qator qilib o‘rnatilgan BZSS-1,0 o‘rta og‘irlikdagi tirmalardan, sho‘ri yuvilgan va 


127 
yaxob suvi berilgan dalalarni tirmalashda esa BZTS-1,0 va BZTX-1,0 og‘ir 
tirmalardan foydalanish yuqori ish sifatini ta’minlaydi.
Diskli tirmalar ichida eng ko‘p tarqalgani BDNT-2,2 tirkalma og‘ir va 
BDN-3 osma engil tirmalar hisoblanadi. 
Diskli tirmalar bilan kuzda xaydalgan, bahorda bir yillik begona o‘tlar 
bosgan erlarga va ekilgan ko‘chatlar qator oralariga ishlov berish uchun 
ishlatiladi. Ko‘p yillik ildizidan ko‘payadigan begona o‘tlar bosgan maydonlarni 
diskli tirmalar bilan ishlov berishga ruxsat etilmaydi.
Og‘ir diskli tirmalar esa tuproqni 20 sm chuqurlikkacha ishlov berishda 
ishlatiladi. Tirmalash agregatini tuzishda asosan zanjirli traktorlardan turli xildagi 
tirmalar bilan jihozlangan holda foydalaniladi.
Molalash - ekish sifatini yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida tuproqning 
urug‘ ekish chuqurligiga teng bo‘lgan qatlamida bir tekis zichlangan qatlam hosil 
qilishdan iborat.
Bunda urug‘larni tuproq bilan bog‘lanishi hamda tuproqning ostki 
qatlamidagi namlikni yuqoriga ko‘tarilishini ta’minlanish hisobiga nihollarni tez 
va qiyg‘os unib chiqishi uchun sharoit yaratiladi. 
Molalash ishlari MV-6,0 rusumli mola-tekislagichlar bilan jihozlangan 
agregatlar yordamida bajariladi. CHizellangan dalalarga MV-6,0 mola-
tekislagichlar bilan yoki xo‘jaliklarda mavjud sixmolalar yordamida ishlov 
beriladi. MV-6,0 mola tekislagichni ishga tayyorlashda g‘ildiraklar yuqoriga 
ko‘tarib qo‘yiladi, pichoqlari esa tuproqni zichlash holatiga o‘rnatiladi. Tuproqning 
zichlanish darajasini oshirish uchun uning korpusi ichiga metall yuk qo‘yiladi yoki 
tuproq solinadi. Agregat ishlov berilayotgan dalaning diagonali bo‘yicha 
harakatlanishi maqsadga muvofiqdir. Molalash agregati uchun dioganal bo‘ylab 
mokkisimon Harakatlanish usulini tanlash yaxshi samara beradi, chunki bu usulda 
erlarni birmuncha tekislash ishlarining sifati yuqori bo‘ladi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling