131
o‘tlar unib chiqishini 2-3 marta kamaytirish va paxta hosildorligini gektariga 2-3
sentner oshirish imkonini beradi.
3. Tuproq yuzasini lazer boshqaruvli er tekislagich bilan tekislashda
tekislanayotgan yuzaning gorizontga nisbatan qiyaligini
kerakli miqdorga talab
darajasida rostlanishi ta’minlanadi.
Er tekislagich bu tadbirni lazer niveliri hisobiga er tekislash sifati
mexanizatorga bog‘liq bo‘lmagan holda eng yuqori aniqlik bilan bajariladi. Bunda
dala yuqori aniqlikda tekislanganligi uchun (xatolik har metrga 2 sm gacha bo‘ladi)
sho‘r yuvish chellarining kattaligini 3,0-3,5 gektar miqdorga orttirish mumkin.
a) b)
34-rasm. Lazer boshqaruvli (a) er tekislagichning (b) ko‘rinishi
Natijada, sug‘orishda suv sarfi 30
foizgacha kamayadi, kultivator va
boshqa agregatlarning ishlashi uchun
qulay ish sharoiti yaratilib, parvarishlashda
yoqilg‘i sarfi 4-6 foizga tejaladi.
4. Tuproqning tarkibiga mos holda (qumloq, soz tuproq, bo‘z tuproq va b.)
plugning qamrash kengligini avtomatik ravishda o‘zgartirish qurilmasi qo‘llash.