Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

43-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi  
Ekinlarni sug‘orish uchun 90 sm. kenglikdagi qatorlar orasidagi chuqurligi 
20-25 sm., 60 sm. kenglik uchun 14-18 sm. bo‘lgan jo‘yak ariqchalari olinadi. 


145 
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qatorlari orasiga ishlov berishda yoppasiga 
ishlov berish kultivatoridan (44-rasm) foydalaniladi. Uning hamma qismlari 
ramaga o‘rnatilgan bo‘lib, u ikkita tayanch g‘ildiraklarga tayanib turadi. 
Ramaga bikr xolatda begona o‘t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman 
yumshatadigan tig‘lari deyarli yotiq bo‘lgan o‘q-yoysimon tishlar ikki qatorlab 
o‘rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo 
begona o‘t ildizlarini yotiq tig‘lari bilan to‘liq kesib ketadigan o‘toqlovchi tishlar
qo‘yilgan.
Tishlarni ko‘tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o‘zgartiradigan 
mexanizm vintlari mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan 
prujinasimon tirma ramasi joylashtirilgan. 
44-rasm. Bog‘ kultivatorlariining umumiy ko’rinishi 
 
45-rasm. Bog‘ kultivatorlariining ush jarayoni 
O‘toqlovchi tishlarning holatini o‘zgartiradigan mexanizm yordamida 
ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi. 


146 
Kultivatorga o‘g‘itlash apparatini o‘rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral 
o‘g‘itlar solish mumkin (44-rasm). 
19.3-§. O‘simliklarni himoya qilish texnologiyasi 
 
 Madaniylashtirilgan o‘simliklarni zararkunandalari, kasalliklari va begona 
o‘tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirgan holda qishloq xo‘jaligiga katta ziyon 
keltiradi.  
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona 
o‘tlarga qarshi kurashishda proflaktika, agrotexnika va yoppasiga yo‘qotish 
tadbirlaridan foydalaniladi. 
Proflaktika tadbirlariga karantin (kasallik va zararkunandalarni kirib 
kelishini to‘xtatish) va kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish uchun urug‘larga 
kimyoviy ishlov berish, agrotexnika tadbirlariga almashlab ekishni joriy etish va 
kasalliklarga chidamli ekinlar navini qo‘llash, yoppasiga qirish tadbirlariga 
kimyoviy, fizik, mexanik va biologik kurashish usullari kiradi. 
O‘simliklarga kimyoviy ishlov berish eng ko‘p tarqalgan usullardan biri 
bo‘lib, bunda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar bilan zararlangan 
maydonlarga zaharli ximikatlar kiritiladi. 
Kimyoviy ishlov berishda quyidagi tadbirlar: urug‘larni zaharlash; purkash 
(suyuq aralashma holatida); changlash (kukunsimon holda); aerozollash (tuman 
ko‘rinishida); fumigatsiyalash (tuproqqa solish); zaharlangan xo‘raklar sochish 
(kemiruvchi va hashoratlarga) qo‘llaniladi. Urug‘larni zaharlashda kasallik 
tarqatuvchilarni (virus, mikrob va boshqalar) yo‘qotish uchun urug‘lar quruq, 
yarim quruq, ho‘l ko‘rinishdagi kimyoviy preparatlar bilan yoki issiq ishlov 
berish usullari qo‘llaniladi. 
Purkash usulida zaharli suyuqlik juda mayda tomchilar tarzida o‘simlik 
barglarining butun sirtiga bir tekis purkaladi. Bunda purkalish sifati ish 
suyuqligining tomchilarini maydaligiga (100-400 mk) bog‘liq bo‘lib, suyuqlik 
qancha mayda to‘zitilsa, o‘simliklarga ko‘p zahar o‘tadi. 


147 
CHanglash usulida zaharli dorilar kukunsimon holatda changlatiladi. 
Aerozollashda 
zaharli 
suyuqliklarning 
tomchilari 
tuman 
shaklida
(0,5...100 mk) purkaladi.
Fumigatsiyalash usulida zaharli suyuqlik erni haydashdan oldin sepiladi va 
peshma-pesh er haydalib tuproq ostiga tashlanadi. Tuproqqa ishlov berishda esa 
zaharli suyuqlik tuproq ichiga aralashtiriladi. 
Zaharli xo‘raklar sochish usulida kemiruvchi va hashoratlarga qarshi maxsus 
zaharlangan xo‘raklar tayyorlanib dalalarga sochib chiqiladi.,

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling