Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Ekinlarni polietilen (a) va kapron (b) turbalari yordamida sug‘orish
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOmg‘irlatib sug‘orish usulida
51-rasm. Ekinlarni polietilen (a) va kapron (b) turbalari yordamida sug‘orish
Bu agregatlar yordamida bir kecha-kunduzda 5-6 gektar maydoni sug‘orish mumkin. Suv keltiruvchi trubalar qo‘lda yotqiziladi, sug‘orishdan keyin esa trubalar agregat yordamida yig‘ishtirib olinadi. 152 YOmg‘irlatib sug‘orish usulida suv maxsus apparatlar yordamida sug‘oriladigan maydon ustidan mayda yomg‘ir tomchilari tarzida sepiladi. Bunda na faqat tuproq va er betidagi havo qatlami emas, balki o‘simliklarning er ustki qismlari ham namlanadi, bu esa ularning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bu usulning afzalligi suvni tejab-tergab ishlatilishi hisoblanadi. Ammo sug‘orish sistemalari va mashinalariga energiya, material hamda metall ko‘p sarflanashi, ularni texnik va texnologik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlashga yaxshi moslashtirilmaganligi kabi kamchiliklarga ega. YOmg‘irlatib sug‘orish ishlari asosan zanjirli traktorlarga o‘rnatilgan, Harakatlanib ishlaydigan DDA-100MA agregati (52-rasm) va ko‘chma-bir joyda turib ishlaydigan DDN-70 va DDN-100 rusumli nasosli yomg‘irlatish mashinalari yordamida amalga oshiriladi. DDA-100M sug‘orish agregatining ishlatilishini ta’minlash uchun birinchi sug‘orishdan oldin muvaqqat sug‘orish ariqlari olinadi va ularning o‘ng tomoni bo‘ylab agregatlar yurishi uchun yo‘l ochiladi. Muvaqqat ariqlar dalaning nishabi eng kichik bulgan joyidan o‘zaro parallel va bir-biridan 120 m masofada, eng chekkadagi ariq esa dala chetidan 55 m narida va unga parallel olinadi. a) b) v) 52-rasm. a-DDA-100M; b-DDN-70; v-DDN-100 yomg‘irlatib sug‘orish agregatlari YOmg‘irlatib sug‘orishda dalaning tekisligi, egatlardan sug‘orish bo‘lgani kabi unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo ariq olish uchun ajratilgan yo‘laklar va uning yoqasidagi yo‘llarni tekislash, shuningdek sug‘orish tarmog‘iga suv taqsimlovchi inshootlar qurish shart. 153 DDN-70 va DDN-100 yomg‘irlatish agregatlari ko‘chma-bir joyda turib ishlaydi. Ular suvni ochiq va yopiq sug‘orish tizimidan olishi mumkin, sug‘orish tarmoqlari orasidagi masofa mos holda 100 va 200 m, to‘xtashlar orasidagi masofa 120 va 145 m tashkil etadi. Ochiq tarmoqlardan suv olib sug‘orishda yomg‘irlatish agregatining joyi, odatda, kanalning boshidan suv oqimi bo‘ylab pastga tomon o‘zgartiriladi. So‘rish qurilmasini beto‘xtov ishlashi uchun suv satxini etarli darajada saqlash maqsadida kanal ikkita ko‘chma to‘siq bilan to‘sib qo‘yiladi. Bitta to‘siq mashina ishlayotgan joyda, ikkinchisi esa navbatdagi joyga o‘rnatiladi. Sug‘orish tugagandan keyin birinchi to‘siq olinadi va ikkinchi joyga o‘rnatiladi. Agregatni to‘xtab turish vaqti sug‘orish me’yoriga bog‘liq bo‘lib, 17...186 minut davom etadi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling