Mashinalaridan foydalanish, texnik


Tuproq ostidan sug‘orish usulida


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Tuproq ostidan sug‘orish usulida suv erga yotqizilgan trubalarda 
keltiriladi (-rasm).
Bu sug‘orish usulida suvni bevosita har bir o‘simlikning ildizi joylashgan 
joyga etkazib berilishi to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 
hamda kompyuterlar tizimi bilan ta’minlangan maxsus tizimlar orqali amalga 
oshiriladi. Bunda tuproq o‘zining so‘rish kuchi hisobiga namiqadi. Bu usulni 
kapillyar xususiyatlari yaxshi bo‘lgan va haydalma qatlam osti suvni yomon 
o‘tkazadigan kuchli tuproqlarda qo‘llash mumkin. SHu bilan birga bu usulda 
sug‘orish uchun dala yaxshilab tekislangan bo‘lishi kerak. 
Tomchilab sug‘orish usulida tuproq o‘simliklarning ildiz tizimi maksimal 
rivojlangan qatlamda namiqadi. Suv er betiga yotqizilgan va tuproqqa ko‘milgan 
plastmassa trubalar tarmog‘i bo‘ylab tomchilatgichlar yordamida tuproqning 
o‘simlik ildizlari taralgan qatlamiga 0,07...0,28 MPa bosim ostida kam 
me’yorlarda o‘g‘it bilan beriladi. Natijada suv tuproqqa juda sekin, bevosita 
ildizlar yaqinidan kirib boradi. 
Taqsimlovchi naychalar orasi ekin ekish usuliga (paxtachilikda 60 yoki 90 
sm, bog‘dorchilikda daraxtlar qator oralig‘iga), naychalardagi tomchilatgichlar
oralig‘i (paxtachilikda 0,5 m.) belgilangan agrotexnika talablariga bog‘liq holda 


154 
olinadi. Kerakli vaqt davomida uzluksiz tomchilab turgan suv, tuproqning 1 m 
chuqurligida va diametri 1,0...2,5 m. bo‘lgan qismida optimal namlikni saqlab 
turadi. Bevosita ekin ildizi tarqalmagan erdagi tuproq quruq qolaveradi. SHu 
sababli tomchilab sug‘orishda suv sarfi 2...4 marotaba kamayishi mumkin. 
Tomchilatib sug‘orish usullarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
sug‘orishda mehnat sarfi kamayadi, tuproq strukturasi saqlanib qoladi, sug‘orish 
me’yori kichik bo‘ladi, o‘g‘it bevosita ildiz sistemasiga beriladi, sug‘orish jarayoni 
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlash-tirilgan bo‘lib, dalalarni tekislash talab 
qilinmaydi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi quyidagi tartibda ishlaydi. Tomchilatgichlar 
tiqilib qolmasligi uchun katta hovuzda tindirilgan suv nasos orqali bir necha 
marta maxsus tozalagichlardan o‘tkazilib, magistral quvur va taqsimlovchi
naychalar orqali tomchilatgichlarga yuboriladi. Tomchilatgichning konstruksiyasi 
shunday tanlanganki, suv bosimining sezilarli o‘zgarishiga qaramasdan bir xil 
me’yordagi suvni tomizib berish imkoniga ega. 
Magistraldagi suv sarfi va bosimi tegishli asboblar yordamida kuzatib 
turiladi. Suvga ma’danli o‘g‘itlar va eritilgan mikroelementlar, kerak bo‘lsa 
gerbitsid qo‘shilib, belgilangan me’yorda o‘simliklar ildiziga etkazib beriladi. 
Bunday sug‘orish ishlari maxsus kompyuter tizimi yordamida ekinni obdon 
chanqagan paytini aniqlab, so‘ngra amalga oshiriladi, natijada ekinlar 
hosildorligini oshishiga erishiladi (7-jadval). 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling