168
59-rasm. Paxtani g‘aram holatda tayyorlash texnologiyalari
Nazorat savollari:
1. Mashina terimi uchun paxta dalalarini
tanlashda nimalarga alohida
e’tibor qaratiladi? Dalani mashina terimiga tayyorlashda qanday tadbirlar
amalga oshiriladi?
2. Mashina terimiga qanday agrotexnik talablar qo‘yiladi? Paxta hosilini
terishda qaysi rusumdagi paxta terish mashinalaridan foydalaniladi?
3. Paxta terimini uzliksiz oqim usulida tashkil etish usulining mohiyatini
tushuntiring. Bunda qanday agregatlar ishtirok etadi? Paxtani yig‘ishtirib
olishning qanday innovatsion texnologiyalarini bilasiz?
Ularning
afzalliklarini ayting.
Paxtani terish
Paxtani ortish
Paxtani tashish
Paxtani g’aramlash
169
21-§. G‘allani yig‘ishtirib olishning innovatsion
texnologiyalari
21.1-§. G‘allani yig‘ishtirib olishning o‘ziga xos xususiyatlari,
texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish
Pishib etilgan boshoqli donlar qisqa vaqt ichida o‘rib-yig‘ib olinmasa, uning
boshoqlaridagi don o‘z-o‘zidan to‘kiladi, shuningdek, shamol,
parranda va
kemiruvchilarning zararli ta’siri natijasida don nobudgarchiligi belgilangan
me’yorlardan oshib ketadi.
Bug‘doy pishib etilgandan so‘ng bir hafta ichida o‘rib-yig‘ib olinmasa,
uning nobudgarchiligi kuniga 1-1,2 foizdan oshib boraveradi.
Rosa pishib etilgan
g‘allani o‘rib-yig‘ib olishda birinchi hafta davomida nobudgarchilik 7-9 foiz
bo‘lsa, ikkinchi haftada 12-15 foizni tashkil etadi. SHuning uchun g‘alla
maydonlari fermerlar va agronomlar tomonidan doimiy kuzatuvga olinib, qaysi
dalada o‘rim-yig‘im ishlari birinchi bo‘lib boshlanishi va so‘ngra
kombayn qaysi
dalaga o‘tishi oldindan aniq belgilanishi kerak.
SHu bilan birga o‘simlik doni pishgandan so‘ng uning poyalarini qo‘rib
qolishi natijasida mavjud begona o‘tlarning o‘sish jarayoni tezlashishi natijasida
baland bo‘lib o‘sishi sababli g‘allani o‘rib olish ishlari birmuncha qiyinlashadi,
o‘rish jarayonida don isrofgarchiligi oshadi.
Boshoqli don hosilini yig‘ishtirib
olishda bir, ikki va uch fazali o‘rib-
yanchib olish usullari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: