21.2-§. G‘allani yig‘ishtirib olish samaradorligini oshirishdagi
innovatsion texnologiyalar
1. O‘rim-yig‘im ishlarini otryad usulida tashkil etish kombaynlar,
transport vositalari va boshqa texnikalardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Otryad usulida kombaynlarning salt holatda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib
yurishi kamayadi, ish vaqtida yuzaga kelgan nuqsonlar va kamchiliklarni
g‘allazorning o‘zida tezlik bilan bartaraf qilishga erishiladi.
Har bir otryadga kombayn, don tashish transport vositalari va boshqa
texnikalar, tashkiliy ishlar bo‘yicha ishchi-xodimlar biriktiriladi hamda otryad
tomonidan o‘rib-yig‘ib oladigan maydonlar konturlari bo‘yicha belgilanib,
kombaynlarning harakatlanish sxemalari ishlab chiqiladi.
O‘rim-yig‘im davrida kombaynlarning ish unumdorligiga qarab ularni don
tashish transport vositalari bilan etarli miqdorda ta’minlash kerak. SHundagina
o‘rim-yig‘im ishlari va donni qabul qilish punktlariga tashish yumushlari uzluksiz
amalga oshishi mumkin.
2. Aksial rotorli kombaynlarni begona o‘simliklardan, ayniqsa, g‘alla
poyalariga o‘ralib o‘suvchi (pechak) va yo‘g‘on poyali (qamish, g‘umay, ko‘k
sho‘ra) kabi bir va ko‘p yillik begona o‘tlardan tozalangan maydonlarda,
barabanli kombaynlarni esa turli darajada o‘t bosgan maydonlardagi g‘allani
o‘rib olishda yuqori samaradorlik bilan ishlatish mumkin.
Nazorat savollari:
1.
G‘allani o‘rib olishning qanday usullarini bilasiz? G‘alla
o‘rimiga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni ayting.
2.
Keys-2166 g‘alla o‘rish kombaynida qanday turdagi yanchish
barabani o‘rnatilgan? Uning afzalliklarini ayting. Aksial rotorli yanchish
barabanli kombaynlarni qanday g‘alla maydonlarida ishlatish yuqori natija
beradi?
3.
Barabanli yanchish qurilmali kombaynlar qanday g‘allani
o‘rishda yaxshi natija beradi? U qanday afzalliklarga ega?
176
Do'stlaringiz bilan baham: |