166
ko‘raklar soni har 3m masofada 1 donadan va paxta tolasining shikastlanishi 0,5%
dan oshmasligi kerak; terilgan paxta tolasi ko‘k shira, yoqilg‘i-moy
va boshqa
narsalar bilan ifloslanmasligi zarur. Paxta
hosili
asosan
mexanik
usulda
ishlaydigan vertikal shpindalli, gorizontal shpindelli, valikli,
rotorli kabi ishchi
qismlar bilan jihozlangan paxta terish mashinalari (rasm) yordamida yig‘ishtirib
olinadi.
20.2-§. Paxtani mashinada terish samaradorligini oshirishdagi
innovatsion texnologiyalar
1. Terim texnikalaridan samarali foydalanish uchun paxta terimi
uzliksiz oqim usulida tashkil qilinganda quyidagi ishlar, ya’ni paxtani
mashinanada terish, bunkerdagi paxtani transport vositasiga ortish va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri quritish-tozalash punktiga keltirish tushuniladi.
Paxtani yig‘ishtirib olish samaradorligini oshirish uchun paxta terish
mashinalaridan
guruhlab foydalanish, ya’ni bir yoki yonma-yon joylashgan ikki
dalada bir necha (4-5 ta ikki qatorli yoki 3-4 ta to‘rt qatorli) mashina ishlatish
lozim. Ammo ishlar bunday tashkil etilganda mashinalarni alohida paykallarga
qo‘yish kerak. SHunday qilinganda har bir mexanik-haydovchi o‘ziga
birkitilgan
dalada bajarilgan ish sifati uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Mashinalardan
guruhlab foydalanilganda har qaysi agregatning ish sifatini hisobga olish va
nazorat qilish osonlashadi, ishlarning
bajarilish muddati qisqaradi, mashinalarga
tashkiliy texnika xizmati ko‘rsatish hamda transport vositalaridan foydalanish
yaxshilanadi. Paxta terish mashinalarining to‘xtovsiz va yuqori unum bilan
ishlashini ta’minlash hamda terilgan paxtani tayyorlov punktiga o‘z
vaqtida
etkazib berish uchun mashinalarning har bir guruhiga traktor tirkamalari birkitib
qo‘yiladi.
SHpindellarni yuvishni mexanizatsiyalashtirish va yuvish sifatini yaxshilash
maqsadida paxta terish mashinalarning har qaysi guruhiga yuqori bosim bilan
ishlaydigan suv purkagich bilan jihozlangan OVX-600 rusumli purkagich birkitib
qo‘yiladi. Terim guruhiga texnik xizmat ko‘rsatuvchi avto-ko‘chma
ustaxonasi
167
yoki agregati bo‘lgan ixtisoslashtirilgan yordamchi guruh biriktirilib, ehtiyot
qismlar bilan ta’minlanadi. Ushbu guruh ishlab chiqilgan mashrut bo‘yicha paxta
terish mashinalari yoniga borib, zarur bo‘lsa, ularga texnik xizmat ko‘rsatadi va
boshqa sozlash ishlarini bajaradi.
3.
Innovatsion texnologiyalarga terilgan paxtani rulon yoki g‘aramlangan
(58- rasm) holatda tayyorlash usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: