Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal (v) shpindelli terish
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
56-rasm. Paxtani vertikal (a) va gorizontal (v) shpindelli terish
apparati bilan terib olish jarayonlari Bunda terish apparatining ishchi qismi hisoblangan vertikal shpindellar g‘o‘za poyasiga parallel holda Harakatlanib (56a-rasm) paxtani o‘ziga o‘rab teradigan bo‘lsa, gorizontal shpindellar (56b-rasm) esa g‘o‘za poyasiga perpendikulyar holda Harakatlanib, paxtani terib oladi. Paxta hosili asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan MX-1,8 rusumli tik shpindelli paxta terish mashinasi bilan terib olinadi. Paxtani terib olish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Mashina oldinga Harakatlanganda g‘o‘zapoya ko‘targich yotib qolgan g‘o‘zalarni erdan ko‘tarib terish apparati 3 ning oldingi shpindellar juftligining orasidagi tirqishga uzatib beradi. G‘o‘zalar shpindelli barabanlar orasidagi tirqishdan o‘tayotganda ikki tarafidan aylanma Harakatdagi tik shpindellar bilan ishlov berilib, to‘liq ochilgan paxtalarni o‘ziga o‘rab oladi. SHu bilan birga ular barabanlar atrofida Harakatlanib paxtani shpindeldan 163 ajratib olish kamerasiga kiradi. Bu erda shpindellar teskarisiga aylantiriladi va ulardagi paxtalar ajratgichlar yordamida shpindeldan ajratib olinib, so‘ngra ular qabul kamerasiga uzatiladi. Qabul kamerasiga tushgan paxtalar ventilyator 5 yordamida hosil qilingan havo oqimi bilan birga bunker 4 ga uzatiladi. Bunker to‘lgach yig‘ilgan paxta transport vositalariga yuklanadi. 1- traktor; 2-rama; 3-terish apparati; 4-bunker; 5-ventilyator; 6-havo quvuri. 57-rasm. Mashinaning umumiy tuzilishi Paxta terish mashinalari yuqori unum bilan ishlashi va paxtani erga to‘kib yubormasligi uchun ularning har biri ishlab chiqargan korxona tomonidan tayyorlangan qo‘llanmaga ko‘ra ma’lum tartib va qoidalar asosida sozlanishi lozim. Tik shpindelli paxta terish mashinasini sozlashda quyidagilarga: terim apparatini mashinaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan joylashishi, shpindellarni shaxmatsimon o‘rnatilishi, paxtani shpindellardan to‘la ajratib olish va ular yuzasini yaxshi tozalash uchun ajratgichlar, texnologik qaytargichlar va apparat 164 eshikchalarini to‘g‘ri rostlanganligi, terim apparatlarining ish tirqishlarini to‘g‘ri tanlash va o‘rnatish ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Paxta hosilini mashinalarda terishda ularni ishga tushirishdan oldin barcha qism va mexanizmlarini obdon ko‘zdan kechirish hamda ularga kundalik texnik xizmatni ko‘rsatish lozim. Mashinani g‘o‘za qator orasiga kiritib sinab ko‘rish, ish sifatini ko‘z bilan baholash, kerak bo‘lsa ishchi qismlardagi texnologik tirqishlarni tekshirish va sozlash talab etiladi. Bunda asosiy e’tiborni terish apparatininger yuzasiga nisbatan avtomatik ko‘tarib-tushirgichni to‘g‘ri sozlanganligiga va pastdagi chanoqlarda paxta bo‘laklarini qolmasligiga qaratish zarur. Respublikamizning shimoliy hududlarida paxta hosilini tik shpindelli mashinalar bilan ikki marta terib olish tavsiya etiladi. Ko‘saklar 75...80 foiz ochilganda birinchi terim, 12-14 kun keyin qo‘shimcha 15-20 foiz ko‘saklar ochilganda ikkinchi terim o‘tkaziladi. Janubiy hududlarda paxta terimi ko‘saklar ochilishi 85...90 foiz bo‘lganda boshlanib, paxta hosili bir marta terib olinadi. Bunday texnologiyalar noqulay ob- havo boshlangunga qadar mashinalarda yuqori sifatli paxta terib olish imkonini beradi. Har ikkala holda ham terim to‘liqligi 90...95 foiz bo‘lishi, hosildorlik o‘rtacha 30 s/ga bo‘lganda paxtaning erga to‘kilishi har bir metrda 15...20 grammdan oshmasligi kerak. Hosilning qolgan qismi paxta terilgandan 8...10 kun o‘tgach mavjud mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida terib olinishi mumkin. Bunda qolgan hosilni yig‘ib olish usulini tanlash fermer xo‘jaligining mazkur yildagi iqtisodiy samarasi va texnik imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi. Terim paytida mashinalar harakati doimo chap tomonga buriladigan va o‘ng g‘ildiragi paxtasi terib olingan qator orasidan yuradigan sxemada tashkil qilinadi. YOndosh qatorlarni tutashtirib turgan ikki qatordagi paxtani bir yo‘la terib olishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidaga rioya qilinmasa g‘o‘za tuplari shikastlanadi va paxta ko‘plab erga to‘kiladi. 165 Paxta terish mashinalari va transport vositalarining soni o‘zaro shunday me’yorlanishi kerakki, bunda yig‘im-terim va paxtani tayyorlov punktlariga topshirishning uzluksiz jarayoniga putur etkazmaslik kerak. Paxta terish mashinalarining har guruhi uchun tirkamalar shunday miqdorda tanlanishi kerakka, bunda paxta yuklangan tirkamalarni tayyorlov punktiga olib borib qaytib kelguncha, daladagi tirkamalar soni mashinalar tergan paxtani yuklash uchun etarli bo‘lishi zarur. Bu maqsadda: - har bir paxta terish mashinasiga kamida 4 ta tirkama biriktirib qo‘yilishi shart; - tirkamalar soni har doim juft bo‘lishi kerak, zero tirkamalar soni toq bo‘lganda yuk tashish jarayoni buziladi. Vaqti-vaqti bilan (har kuni yoki kun ora) mashinaning ish sifati nazorat qilinadi. Buning uchun bir necha (4-5) qatorda tasodifiy tartibda 3 m uzunlikdagi 5-6 ta bo‘laklar tanlanadi va erga to‘kilgan paxta terib olinadi. Bu paxtaning massasi hosildorlikka qarab har bir metrda 15-30 grammdan oshmasligi lozim. SHpindellarning ishchi yuzalari holati doimiy ravishda kuzatib boriladi, ularga paxta o‘ralib qolishiga yo‘l quyilmaydi. G‘o‘za bargi yaxshi to‘kilmagan va suvli begona o‘tlar bo‘lgan dalalarda shpindellarga ko‘p paxta o‘ralib qoladi. Bunday dalalarda shpindellar va ularni namlantiruvchi shchetkalarni tez-tez tozalab turish kerak bo‘ladi. Mashinalarga samarali servis ko‘rsatish uchun ularni guruhlarga jamlab, bir massivda kamida ikkitadan ishlatgan ma’qul. Hosilning qoldiq qismi paxta terilganidan 8-10 kun o‘tgach mavjud mashinalar yoki qo‘l kuchi yordamida terib olinishi mumkin (bu xo‘jalikning mazkur yildagi iqtisodiy samarasi va texnik imkoniyati bilan belgilanadi). Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling