Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. O‘simliklarni parvarishlash samaradorligini oshirishda
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
19.5-§. O‘simliklarni parvarishlash samaradorligini oshirishda
innovatsion texnologiya va mashinalarni qo‘llash Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirishda quyidagi tadbirlarga alohida ahamiyat berish zarur: 1) Qatorlar oralig‘iga ishlov berish ishlari har bir ekin ildizining rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda agrotexnik talablarga mos ravishda bajarilishi kerak. Masalan, chigit ekilganidan so‘ng, bir oy ichida g‘o‘za bo‘yi 11-13 sm ga, o‘q ildizi 30 sm chuqurlikkacha, yon tomoniga o‘sgan ildizlar 6-8 sm, qatorlar o‘rtasidagilar 12-14 sm chuqurlikkacha rivojlanib ulguradi. Ekinlar ildizlariga zarar keltirmaslik uchun, qatorlar orasidagi tuproq har xil chuqurlikda yumshatish kerak, ya’ni g‘o‘za tuplari atrofida sayozroq, qator o‘rtasini esachuqurroq ishlov berish foydali bo‘ladi. 2) Kultivator ishchi qismlarini agrotexnik talablarga mos o‘rnatish kerak. Masalan, ekin niholiga yaqin ishlov berish chuqurligi talabga ko‘ra 5-6sm o‘rniga 15-18 sm chuqurlikda ishlov berilsa, begona o‘tlar ikki barobar kamayadi, ammo g‘o‘zaning yon ildizlarining 30-35% shikastlanadi. 3) Issiq iqlim ta’sirida sug‘orilgan erdagi tuproq usti namligini tez yo‘qotib, zich qatlam (qatqaloq) hosil bo‘lishi hisobiga kengligi 1-3 sm, chuqurligi 6-10 sm bo‘lgan yoriqlar paydo qilishi mumkin. Natajada o‘simliklarning yon ildizlarini uzilishi ro‘y beradi. Bunday holatga etkazmasdan, obi tobida tuproqqa ishlov berilib, uning yuzasini mayin tuproqqa aylantirish kerak bo‘ladi. 4) Har safar ekinlar qator oralariga ishlov berishda kultivator albatta ekish agregati yurgan izdan yurishi va uning Harakat sxemasini takrorlashi kerak.CHunki hamma vaqt ham chetki qatorlarning orasidagi masofa bir xil bo‘lmasligi (o‘zgarishi) natijasida kultivator ishchi qismlari tomonidan ekinlar nihollarini nobud qilinishining oldi olinadi. 157 5) Sug‘orish egatlari qator oralig‘ining qoq o‘rtasidan va barcha qatorlarda bir xil chuqurlikda olinishi kerak. Aks holda keyingi kultivatsiya vaqtida agregatni boshqarish qiyin bo‘ladi va kultivatorni to‘g‘ri yurmasligi natijasida ko‘chatlar ko‘plab shikastlanishi mumkin. 6) Qator orasiga birinchi marta ishlov berishda iloji boricha nihollarga yaqinroq masofada ishlov berish, keyingi ishlashlarni o‘simlik ildizlarining rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ishlash kengligi va chuqurligini qisqartirib borish talab etiladi. 7) Mamlakatimizda biologik usulni qo‘llash kimyoviy usulga nisbatan 1,5-2 barobar ortiq iqtisodiy foyda keltiradi. 8) Tomchilatib sug‘orishni qo‘llashning asosiy afzalliklari: ekinlar hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi. sug‘orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga nisbatan 20-60 % gacha kamayadi; mehnat va resurlar sarfi kamayadi(kultivatsiya qilish kamayadi, texnika kam ishlatiladi;) beriladigan o‘g‘it miqdori 50 % gacha kamayadi; tuproq eroziyasi to‘xtaydi, er osti suvi sathi ko‘tarilishi va tuproq sho‘rlanishi kamayadi 9) Sug‘orish usulini tanlashda joyning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, suv sarfi eng kam bo‘lgan va uni iloji boricha mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin bo‘lishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling