151
Sirtdan sug‘orish usulida dalalar bostirib yoki egatlarda suv oqizib
sug‘oriladi. Bu usulni katta me’yorlar bilan sug‘orishda qo‘llash
maqsadga
muvofiqdir. Bunda bir marta sug‘orish gektariga 800...1000 m
3
mavsum davomida
bo’lsa 4000...6000 m
3
suv sarflanadi (katta me’yor g‘o‘zaga taalluqli).Bu usulni
og‘ir va salga loyqalanadigan tuproqlarda, sho‘r yuvishni talab etuvchi sho‘rlangan
maydonlarda, shuningdek kuchli shamol bo‘lib turadigan hududlarda qo‘llash
tavsiya etiladi.
Sug‘orish ishlarida mehnat sarfini kamaytirish uchun amalda qo‘llanilib
kelinayotgan sirtdan sug‘orish
usulida muvaqqat ariqlar, o‘qariqlar yordamida
sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun maxsus polietilen
va kapron trubalardan
keng foydalanish mumkin. Ular sug‘orish tarmoqlari va o‘qariqlar o‘rnini bosadi,
suvchining ish unumi 1,5...2 barobar ortadi, suv sarfi 8...10 foizga kamayadi.
Bunda traktorlarga o‘rnatiladigan nasosli PPA-165 va PPA-165U rusumli
sug‘orish agregatlaridan (51-rasm)
foydalaniladi, natijada sug‘orish arig‘iga
ehtiyoj qolmaydi.
a) b)
Do'stlaringiz bilan baham: