Mashinalaridan foydalanish, texnik


-jadval  Tomchilatib sug‘orishning qo‘llash samarasi


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

7-jadval 
Tomchilatib sug‘orishning qo‘llash samarasi 
Ekin turi 
Suv 
tejalishi, % 
Mehnat sarfining 
kamayishi, % 
Hosildorlik oshishi, 

Paxta 
30-40 
50-60 
90-150 
Bog‘-tokzor 
40-60 
25-30 
20-25 
Sabzavot-
poliz 
50-55 
50-60 
55-65 
 


155 
Tomchilatib sug‘orish tizimlari quyidagi afzalliklarga ega: 
 
1) Tomchilatib sug‘orish ozuqani (o‘g‘itni) o‘simlik rivojining turli fazalarida 
o‘simlik ehtiyojiga mos ravishda sug‘orish suviga qo‘shib berish imkoniyatini 
yaratadi. Bunda beriladigan o‘g‘it miqdori 50 % gacha kamayishi mumkin. 
2) Tomchilatib sug‘orish tizimi suv va ozuqani ekin maydoni bo‘yicha bir tekis 
taqsimlanishini ta’minlaydi. Bunda o‘simliklar bir xil rivojlanadi va hosili ham 
bir vaqtda pishadi. Natijada hosilni yig‘ib olish osonlashadi. 
3) Ekin dalasini cheklangan ravishda namlanishi dalaga mexanizmlar kirishiga 
imkoniyat qoldiradi. Dala qurishini kutishga hojat yo‘qligi bois agrotexnik 
tadbirlarni sug‘orish bilan bir vaqtda olib borish mumkin, ya’ni mehnatni 
to‘g‘ri tashkil etishga imkoniyat yaratiladi. 
4) Sug‘orish vaqtida daladan oqava chiqmaganligi bois tuproq eroziyasi butkul 
bartaraf etiladi. Ushbu jihat katta nishabli va tekislanmagan maydonlarda 
tomchilatib sug‘orishni qo‘llash ayniqsa katta samara berishini ko‘rsatadi. 
5) Suvni tuproqqa shimilishining cheklanganligi er osti suvlari sathining ko‘tarilib 
ketishiga 
imkoniyat 
qoldirmaydi, 
demak 
dala 
botqoqlanmaydi 
va 
sho‘rlanmaydi.
6) Sug‘orishga bir vaqtda beriladigan suv sarfining kichikligi kam hajmdagi 
(debetli) suv manbalaridan (quduqlardan) foydalanishga, yoki ushbu kam suv 
bilan katta maydonlarni sug‘orishga imkoniyat yaratadi; 
7) Egatlar oralig‘idagi tuproq doimo quruq bo‘lganligi tufayli dalada bemalol 
yurib begona o‘tlarni chopib yo‘qotish ikoniyati yaratiladi; 
8) O‘simlik ildiz qatlami atrofi doimo nam bo‘lganligi bois u erda tuz yig‘ilishiga 
sharoit qolmaydi; 
9) Sabzavotlar va poliz ekinlarini tomchilatib sug‘orilganda ular hosilini suv 
ichida qolib ketishi xavfi yo‘qoladi, ya’ni hosil sifatining buzilishi yuz 
bermaydi; 
10) 
Tomchilatib sug‘orishda dalani bo‘laklarga (sektorlarga) bo‘lib sug‘orilishi 
quvurlardagi bosimni juda baland bo‘lishini talab etmaydi. Ushbu jihat nasos 


156 
narxini va sug‘orish davridagi ekspluatatsion harajatlarni kamaytirishga 
imkoniyat yaratadi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling