Mashinalaridan foydalanish, texnik
a) b) 63-rasm. “Keys–2166” rusumli aksial-rotorli (a) va “Dominator - 130”
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-jadval G‘allani yanchish jarayonining asosiy ko‘rsatgichlari
a) b) 63-rasm. “Keys–2166” rusumli aksial-rotorli (a) va “Dominator - 130” rusumli barabanli (b) g‘alla kombaynlari Jatkani kombaynga taqishda uning to‘g‘ri o‘rnatilishini ta’minlash va ish vaqtida dala relefiga bir tekis tushishini ta’minlash maqsadida gidrotsilindrning prujinalarini sozlash kerak bo‘ladi. O‘rish apparati va shnek orasidagi masofa esa 580 mm qilib o‘rnatiladi. Kombayn jatkasining qolgan o‘lchamlari “Keys” kombaynlari jatkasini sozlash qismidagi tartiblar bo‘yicha rostlanadi. Dominator-130 rusumli kombaynlari bilan bug‘doy va shunga o‘xshash boshoqli don ekinlarini yanchishda foydalaniladi. SHuning uchun kombaynni sozlovchi tortqisi turli holatlarga qo‘yiladi. Beda va boshqa mayda urug‘li ekinlarni (8-jadval) yanchishda esa kichikroq tirqishlar, makkajo‘xori so‘tasi, 173 kungaboqar kabi yirik donli ekinlarni yanchishda birmuncha kattaroq tirqishlar tanlanadi. 8-jadval G‘allani yanchish jarayonining asosiy ko‘rsatgichlari Ekinlar turi T a’mi nl ov ch i v al va o‘r gi ch o ras id ag i ma so fa T a’mi nl ov ch i b arm o q lar h o la ti Q il ti ri q aj ra -t ad ig an p lan k a- lar ma v ju d li g i Bo sh s av at t u ri B arab an in in g a y la n is h la r so n i Y A n ch is h s av at i mas o fa si n i o‘r nat is h (N ) H av o y o‘n al ti ru vc hi t u n u k a h o la ti mm tes h ik p as td a 0 -ec h il g an 1 -o ‘rn a- ti lg an 0 -b ug ‘d oy 1 -j o‘ xo ri 2 - s h o li 1/ d aq . tes h ik t ep ad an tes h ik p as td an Bug‘doy 15 3 0 0 1200 3 2 Arpa 15 3 1 0 1400 2 2 Suli 20 3 0 0 1250 4 2 SHoli 15 3 0 2 850 6 2 No‘xat 15 3 0 0 650 0 2 Kungaboqar 15 3 0 1 650 4 2 Makkajo‘xori 25 - 0 1 650 0 2 Etishtirilgan xosilni yuqori sifat bilan yig‘ib olish va g‘alla kombaynlaridan unumli foydalanish o‘z navbatida dalalarni o‘rim-yig‘imga tayyorlash, kombaynlarning ish organlarini to‘g‘ri rostlash, o‘rim-yig‘im tartibiga rioya qilish, 174 kombaynchilar bilim saviyasini oshirish hamda ularga etarli sharoit yaratib berishga bog‘liqdir. G‘alla kombaynlari bilan birga don tozalash mashinalari, texnik xizmat ko‘rsatadigan va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari, transport mashinalarni yonilg‘i va moylash materiallari bilan ta’minlaydigan vositalar tayyor turishi, shuningdek, o‘rim-yig‘im davrida ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va issiq ovqat bilan ta’minlash ishlari tashkillashtirilgan bo‘lishi shart. G‘alla hosili to‘liq pishib etilganda va don namligi 18-20 foizdan past dalalarda hosilni kombaynlar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishtirib olishga kirishiladi. O‘rim-yig‘imga tushishdan oldin kombayning barcha qism va mexanizmlari yaxshilab ko‘zdan kechiriladi. So‘ngra ular salt holatida ishlatilib, nazoratdan o‘tkaziladi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi. Keyin kombayn dalaga tushirilib sinab ko‘riladi, ish sifati baholanadi, lozim bo‘lsa ishchi qismlar va texnologik tirqishlar qayta rostlanadi. Dastlab burilish maydonlari hosil qilish uchun dala chetlaridagi g‘alla kombayning ikki yurishida o‘rib olinadi. Katta konturli dalalarda kombaynlarni paykal bo‘ylab harakatlantirish maqsadga muvofiqdir. Dala konturi kichik bo‘lsa, paykal tashlamasdan harakatlanish mumkin. Burilishdan tashqari boshqa barcha holatlarda kombayn sug‘orish egatlari yo‘nalishida yurishi lozim. Kombayning ishlash davrida o‘rilayotgan dala qismini va kombaynning o‘zini doimiy nazorat qilib borish talab etiladi “Keys” va “Klaas” kombaynlari zamonaviy bo‘lib, ularning kabinasida ish jarayonini nazorat qiluvchi elektron asboblar paneli mavjud. Ular kombayn jatkasi, yanchgichi yoki don tozalash qismida biror bir nuqson yoki kamchilik paydo bo‘lsa hamda don tozalash qismida biror bir nuqson yoki kamchilik paydo bo‘lsa hamda don nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilsa operatorga darhol signal xabarini beradi. Dalalardagi don hosili yig‘ishtirib olinishi bilan erdagi somonni ham tezlikda yig‘ishtirib olish talab etiladi. CHunki somondan bo‘shagan erlar peshma- pesh shudgor qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling