Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
Nazorat savollari: 
1. Ekinlardan yuqori hosil olinishini ta’minlovchi tuproqning tarkibi 
qanday bo‘lishi kerak? Erga asosiy ishlov berishdan maqsad nima va 
uning qaysi usullarini bilasiz? 
2. Respublikamiz sharoiti uchun qaysi turdagi plugdan foydalanish yuqori 
samara beradi?
3. Nima maqsadda tirmalash ishlari bajariladi? Unda tuproqning qaysi fizik 
xossasi o‘zgaradi?
4. SHo‘ri yuvilmagan va sho‘ri yuvilgan turoqlarda qaysi rusumdagi 
tirmalardan foydalanish kerak?
5. Qanday holatda tuproqni molalash talab etiladi? Bunda tuproqning qaysi 
fizik xossasi o‘zgaradi?
6. Qanday dalalar yoppasiga kultivatsiya qilinadi? 
7. Dehqonchilik va dala madaniyati deganda nimani tushinasiz?
8. Lazerli er tekislagichning afzalliklarini ayting. 


133 
18-§. Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazishning innovatsion 
 texnologiyalari
 
 
 
 
 
18.1-§. Ekinlar urug‘ini ekish va ko‘chat o‘tqazishning o‘ziga xos 
xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish 
 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan ikki usulda urug‘i va 
ko‘chatlarini ekish orqali ko‘paytiriladi. O‘simliklarni ko‘chatlari orqali 
ko‘paytirish birmuncha afzalliklarga ega bo‘lib, bunda eng asosiysi ekinlar hosilini 
1-1,5 oy erta pishishiga erishiladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda eng muhim 
tadbirlarga urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish ishlarini maqbul chuqurlikka va 
belgilangan muddatlarda sifatli qilib amalga oshirish hisoblanadi. 
Ekinlar urug‘ini maqbul ekish chuqurligi (36-rasm) deb shunday 
chuqurlikka aytiladiki, bunda urug‘larni o‘sib chiqishi uchun eng qulay tuproq-
iqlim sharoiti (issiqlik, havo va suv rejimi, tuproqning donadorligi) yaratiladi va 
uning miqdori ko‘p yillik tajribalar asosida belgilanadi.
Ekinlar urug‘ini ekish chuqurligi chigit ekishda 3-8 sm., bug‘doyda 4-6 
sm., kartoshkada 8-16 sm., sabzi va piyozda 1,5-2 sm. tashkil etadi. Ekish 
chuqurligi urug‘ni o‘suvchanlik energiyasi hamda tuproqning holatiga, ya’ni, 
uning namligi, temperaturasi va donadorligiga bog‘lik holda aniqlanadi.
Ko‘chatlarni etishtirish va ularni dala sharoitida o‘tqazish chuqurligi esa
ko‘p yillik tajribalar asosida aniqlangan agrotexnik talablarga asosan amalga 
oshiriladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling