Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Osma plug ramasini dala yuzasiga nisbatan
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ishlariga
- Tirmalash
30-rasm. Osma plug ramasini dala yuzasiga nisbatan
paralleligini sozlash Dala haydashga to‘liq tayyor bo‘lgandan keyingina haydash agregati ishga tushiriladi va uning barcha foydalanish ko‘rsatgichlari dala sharoitida ko‘rib chiqiladi, kerak bo‘lsa qayta rostlanadi. Ish kuni davomida haydash sifatining agrotexnik talablarga javob berishi 2-3 marta nazorat qilinadi. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ishlariga tuproqdagi namlikni saqlash uchun uning yuza qatlamini 12-16 smgacha chuqurlikda ishlov berish va begona o‘tlarni yo‘qotish; tuproqning ostki qismidagi namlikni yuqorigi qatlamga chiqarish uchun tuproqning yuza qismida bir tekis va kerakli zichlikdagi qatlam hosil qilish; tuproqni ag‘darmasdan chuqur yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun yoppasiga ishlov berish, urug‘larni bir tekis undirib olish va sug‘orish ishlarini sifatini oshirish uchun tuproqning ustki qismini tekislash (haydalgandan so‘ng) ishlari kiradi. Bu vazifalar tuproqni ekishdan oldin tirmalash, molalash, yoppasiga yumshatish qilish va tekislash kabi texnologik ishlar yordamida bajariladi. Tirmalash - tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib, bunda tuproqdagi namlikni bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga tirmalash jarayonida mayda notekisliklar va begona o‘tlar yo‘qotiladi. 126 Kuzgi shudgor nechog‘li sifatli o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay erta ko‘klamgi tirmalashning umuman o‘tkazilmasligi yoki kechikib o‘tkazilishi tuproqdagi namning ko‘tarilib ketishi, dala yuzasining serkesak bo‘lib qolishi va haydov qatlamining qotib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada erni ekishga tayyorlash ishlari qiyinlashib, urug‘ni sifatli ekish va qiyg‘os undirib olish imkoni boy beriladi. SHu bois erta ko‘klamda tuproqning 8-10 sm yuza qatlami etilishi bilanoq dalalar 2-3 kun muddatda tirmalab tashlanishi lozim. Tuproq ortiqcha zichlanmasligi hamda ish unumdorligi yuqori bo‘lishi uchun tirmalash agregatlari T-4A-S4, VT-100 va VT-150 kabi zanjirli traktorlar va keng qamrovli tirkamalar asosida tuzilishi lozim. Erlarni ekishga tayyorlashda BZSS-1,0, BZTS-1,0 va BZTX-1,0 rusumli tishli tirmalar BDT-3,0 va TDB-5 rusumli diskli tirmalar ishlatiladi. Tishli tirmalar uch zvenoli 3BZTU-1,0 og‘ir va ZBZS-1,0 engil turdagi bo‘lib, tuproqni maydalash va 5-10 sm. chuqurlikkacha yumshatish uchun ishlatiladi. Bu ishlar er haydalib, tekislangan, qatqaloqlar yo‘qotilgan maydonlarda amalga oshiriladi. Tirmalash ishlari turli xildagi ishchi qismlar bilan jihozlangan tishli va diskli tirmalar bilan bajariladi. Tishli tirma tishlarning ko‘ngdalang kesimi kvadrat yoki doira shaklida bo‘libgina qolmasdan, balki yumshatuvchi panja va prujinali tishlar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Har bir tirma bir xil shakldagi tishlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tishlari to‘g‘ri o‘tkirlangan, birday uzunlikda hamda o‘tkirlangan uchi bilan oldinga (harakat yo‘nalishi bo‘yicha) qarab o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (31-rasm). Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling