121
xo‘jaligi mashinalarida ishlash maxsus guvohnomasi bor bo‘lgan
va ish joyida
yo‘riq olgan shaxslarga ruxsat etiladi.Mexanizator ish boshlash oldidan traktorning
barcha boshqarish mexanizmlarini talab darajasida ishlashini tekshirishi
lozim.Dala uchastkalari ko‘zdan kechirish va xavfli joylar (chuqurliklar, ariqlar,
toshlar va unchalik sezilmaydigan boshqa to‘siqlar) nishon qoziqlar bilan belgilab
qo‘yilishi kerak.
Quyidagilar: kasal va mast holatdagi
shaxslarning MTAlarda ishlashi;
momoqaldiroq vaqtida ishlash va agregatda bo‘lish; tungi vaqtlarda xira
chiroqlarda ishlash;
agregat harakatlanayotganda, dvigatel o‘chirilmagan yoki
ishchi mashina erga tushirilmagan holatda rostlash ishlarini bajarish;
agregatlar
ishlayotgan joyda egat, yo‘l cheti, uchastkalarda va poxol-somon g‘aramlarida
yotib
dam olish va uxlash;traktorga tirkalgan tirkamalarda, qishloq xo‘jaligi
mashinalarida odamlarni tashish man etiladi.
Nazorat savollari:
1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish texnologiyasi deganda nima tushuniladi?
2. Ekinlarni etishtirish va hosilni yig‘ishtirish
texnologik kartalarining
mohiyati va turlarini ayting.
3. Ishni bajarish texnologik kartalarini vazifasi nimadan iborat?
4. Ishni bajarish texnologik kartalarning mazmuni va ularni tuzish tartibi
qanday?
5. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish amaliy texnologik kartalarining
ko‘rsatkichlari qanday hisoblanadi?