120
Dalani tayyorlash. Mexanizatsiyalashtirilgan
ishlarning yuqori sifatli
bajarilishini va texnikadan unumli foydalanishni ta’minlash uchun mashina-traktor
agregatlarining ishlashiga dalalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tayyorlash katta ahamiyatga
ega.
Dalani tayyorlashga quyidagilar:
- ishlarning bajarilish sifatini pasaytirishi va agregatlardan foydalanish
sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida
dalani ko‘zdan kechirib chiqish;
- agregatlarning harakat usulini tanlash va
bunga qarab paykallarning
joylashishini aniqlash;
- agregatlarning burilish yo‘llarini nishon qoziqlar yordamida tayyorlash va
belgi egatlarni olish;
- dalani paykallarga ajratish, burilish yo‘llaridagi va paykal burchaklaridagi
hosilni o‘rib olib, yo‘l ochish; agregatning birinchi o‘tish yo‘lini belgilash ishlari
kiradi.
Dalalarni
yaxshilash, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishga mos
holatga
keltirish, ya’ni dalalarni
tekislash,
toshlardan tozalash, chuqurlik va
ariqlarni tuproq to‘kib tekislash, botqoq joylarni quritish yoki belgilar qo‘yib,
atrofini o‘rab qo‘yish muhim tashkiliy tadbir hisoblanadi. Bunday tadbirlarning
hammasi mashinalardan
samarali foydalanishga, mashina-traktor agregatlarining
guruhli va uzluksiz ishini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Sifatni tekshirish. Ish sifati
ilmiy-texnikaviy yangiliklar, boshqaruvni
takomillashtirish, texnologik va mehnat intizomini mustahkamlash
kabi tadbirlar
bilan
chambarchas
bog‘liq.
Qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishida
mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni talab darajasida tashkillashtirish hosildorlikning
oshishiga va mahsulot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.
Ishlarning sifat
ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash mashina-traktor agregatlari va qo‘llanilgan
texnologik jarayonlar mukammalligining to‘g‘ri baholanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: