Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Erni shudgorlash muddatlarini paxta hosiliga ta’siri (s/ga)
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
29-rasm. Erni shudgorlash muddatlarini paxta hosiliga ta’siri (s/ga) Bu agrotexnik tadbir tuproqning namligi 16-18% atrofida bo‘lganda bajarilishi kerak, bunda tuproq yaxshi uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga yopishmaydi va uning qarshiligi eng kam bo‘ladi. Natijada, yoqilg‘i va materiallar sarfi kamayib, agregatning ish unumi ortadi. Dalaning yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan yuqori bo‘lgan maydonlarni haydashda tortish kuchi 50 kNdan yuqori bo‘lgan AXION-250, MX- 250, ARION-630C, MAGNUM-7240, K-744, XTZ-181 rusumli zamonaviy traktorlar, tuproqning tortishga qarshilik kuchining miqdoriga qarab LD-100, EurOpal 9, PNYA-4+1-45, PRUN-5, PDO-4-45rusumli 4-5 korpusli osma ikki yarusli pluglar bilan, ushbu ko‘rsatgichlardan kichik bo‘lgan maydonlarni 124 haydashda 30-40 kN tortish kuchiga ega bo‘lgan VT-150D, MXM-140, MX-135, T-401, TS-130, AXSOS-340S traktorlarini PYA-3-35, PDN-3-35, O’PZ-3/4-45, O’P-3/4-40 rusumli 3-4 korpusli osma va tirkama pluglar bilan ishlatish, ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Mavsumga tayyorlangan agregatlarni ishlatishdan oldin ularning texnik holati (ta’mirlash sifati), haydaladigan maydonning tuproq-iqlim sharoiti (tuproqning tarkibi va namligi, sizot suvlarning joylashishi, past-balandligi, gips qatlamini mavjudligi, sho‘rlilik va toshlilik darajasi), begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlari bilan ifloslanganligi hamda dalaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jihozlanganligi hamda plugning ishchi qismlarini agrotexnik talablarga ko‘ra rostlanganligi tekshiriladi. Er M-165, LD-100, EurOpal 9, PDO-4-45 rusumli to‘ntarma pluglar bilan haydalganda plug ramasining bo‘ylama va ko‘ndalang tekisliklarda og‘ishi korpuslarni tuproqqa notekis botishiga olib keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun plug ramasi ish jarayonida dala yuzasiga parallel joylashgan bo‘lishi kerak. Bunga osma pluglarda traktorning osish qurilmasini to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan erishiladi. Ramaning bo‘ylama og‘ishi traktor osish qurilmasining yuqorigi markaziy tortqisi (3) ni uzaytirib yoki qisqartirib, ko‘ndalang og‘ishi esa pastki bo‘ylama tortqilar (1) kashaklari (2) uzunligini o‘zgartirib sozlanadi (30-rasm). Dalani haydashga tayyorlashda oldingi mavsumdan qolgan o‘simlik va begona o‘tlar qoldiqlaridan tozalanadi, sug‘orish shahobchalari va suv yuvib ketgan joylar tekislanadi, dala chetlari to‘rtburchak qilib to‘g‘rilanadi, kerak bo‘lsa mineral va mahalliy o‘g‘itlar solinadi, burilish yo‘laklari, kirish joylari, paykallar eni hamda birinchi o‘tish chiziqlari belgilanadi. SHu bilan birga agregatning oddiy, aylanma, maxsus pluglar bilan jihozlanishi, kinematik o‘lchamlari hamda dalaning shakli va o‘lchamlariga qarab uni dala oxirida burilishi va dala bo‘ylab Harakatlanish usullari tanlanadi. 125 1-traktor o‘rnatish qurilmasining pastki tortqisi; 2-pastki tortqining kashagi; 3-markaziy tortqi; 4-plug. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling