67
Mehnatni oqilona tashkillashtirish – eng qulay ish sharoitlarini yaratish,
ishlab chiqarish jarayonlarini
oldindan hisoblash, odamlar va texnikani to‘g‘ri
taqsimlash, soatbay grafiklar, asboblar sifatini yaxshilash,
materiallarni ish uchun
qulay joylashtirish, ya’ni ish joyini eng yaxshi tartibda tashkillashtirishdan iborat.
Mehnatini jadallashtirish- har bir ishchining vazifalarni aniq taqsimlash, ish
vaqtidan unumli foydalanish, ya’ni ish vaqtini yo‘qotmaslik, ishchilarning
malakasini oshirish va umumiy madaniy saviyasini ko‘tarish,
shuningdek boshqa
imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga aytiladi.
Qishloq xo‘jaligida mehnatni tashkillashtirishga ilmiy yondoshish, uning
texnik jihozlanganlik darajasini oshirish
muhim kasb etgan holda uni
tashkillashtirish ancha murakkab bo‘ladi. Bunda kadrlar bilan ta’minlash va ularni
kasbiy tayyorlash; korxona ichida ishlab chiqarish sohasiga qarab mehnatni
taqsimlash, o‘rindoshlik qilish,
shuningdek, jamoa ichida ham mehnatni
taqsimlash, ish joylarini tashkillashtirish, mehnat jarayonlarini
boshqarish talab
etiladi. SHu bilan birga mehnatni me’yorlash va haq to‘lash masalalari ham
mehnatni tashkillashtirish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.
Mehnat unumdorligini oshirish qonuni - jamiyatimizning iqtisodiy
qonunlaridan biridir.Mehnat unumdorligini o‘sishi ishchilar
sonini oshirmasdan
ko‘proq mahsulot etishtirish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: