74
-
fermer xo‘jaliklarida dalachilik ishlarining ketma-ketligiga qat’iy amal
qilish;
-
alohida mashina, mashinalar guruhi va butun (yaxlit)
mashina parki
ishini operativ boshqarish (mashinalarni otryad usulida ishlatish,
dispetcherlik xizmatini yo‘lga qo‘yish).
Texnikaviy zaxiralari:
-
mashina
detallari, uzellari, ayniqsa texnologik materiallar bilan o‘zaro
ta’sirda bo‘lgan ishchi qismlar puxtaligini oshirish (buzilishlar soni
keskin kamayadi);
-
traktor
(dvigatel)
quvvatidan
to‘la
foydalanish
(traktorni
kombinatsiyalashgan va keng qamrovli mashinalar bilan agregatlash);
-
ruxsat etilgan qiyalikdagi tayanch tekisliklari bo‘ylab
harakatlanish
(qiyalik burchagi me’yorda bo‘lgan dalalarda ishlash);
-
agregatning salt harakati ulushini kamaytirish (yonma-yon joylashgan
dalalardagi texnologik operatsiyalarni navbati bilan bajarish);
-
g‘ildiraklarning shataksirab ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik (loy yoki namligi
me’yordan
ortiq dalalarda ishlamaslik, shina protektorlari va zanjir
tishlarini edirilmagan bo‘lishi);
-
mashinalarni
optimal
yuklanish-tezlik
rejimlarida
ishlatish
(agrotexnologik tezlikda ishlatish);
-
daladagi
tuproqning
mexanik-fizik
xususiyatlari
va
ekinlar
hosildorligidan
kelib chiqib, tuproqqa ishlov beruvchi va o‘rim-yig‘im
texnikalarining ish tezliklarini o‘rnatish;
-
mashinalarni zo‘riqishlardan saqlovchi va avtomatik qurilmalar bilan
jihozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: