Mashinalaridan foydalanish, texnik


Tashkiliy-texnologik zaxiralari


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Tashkiliy-texnologik zaxiralari:

dalalarni mashinalarning ishlashi uchun tayyorlash; 

har bir texnologik operatsiya uchun agregatni harakatlanish usulini 
tanlash;

dala agrofoni ko‘rsatkichlariga qarab mashinalarni rostlash;


75 

agregatlarga o‘z muddatida sifatli texnik xizmat ko‘rsatish (agregatlarni 
smena, kun va mavsum davomida beno‘qson ishlashi ta’minlanadi). 

Sotsiologik zaxiralari:

har bir traktor, kombayn va mashinani bilimli, malakali mexanizator 
qo‘liga topshirish;

fermer xo‘jaliklari mashina saroylari, MTP ustaxonalarini malakali 
chilangarlar, muhandis-texnik xodimlar bilan butlash; 

xodimlarni yangi texnika vositalarini boshqarish, ta’mirlash va ularga 
smenaviy, mavsumiy TXK qoidalarini o‘rgatish;

ish haqlarini o‘z vaqtida berib borish, namunali xodimlarni moddiy 
rag‘batlantirish, mexanizator va chilangarlar mehnatini muhofazalash. 
Nazorat savollari: 

Agregatning haqiqiy ish unumi nazariy ish unumidan qanday farq qiladi? 

Agregatning haqiqiy ish unumini aniqlashdan qanday koeffitsientlardan 
foydalaniladi? 

Agregatning qamrash kengligidan foydalanish koeffitsienti qanday 
aniqlanadi va uning mohiyatini tushuntiring. 

Agregatning 
tezligidan 
foydalanish 
koeffitsientining 
mohiyatini
tushintiring.

mena vaqtidan foydalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi? Uni qanday 
oshirish yo‘llarini bilasiz? 


76 
11-§. Qishloq xo‘jaligi agregatlaridan samarali foydalanishning 
nazariy asoslari 
Bu bobda mashina-traktor aregatlarining ish rejimlarini maqbullashning har 
xil usullari tahlil qilinadi, boshqa mualliflarning quvvatli dvigatellar va intellektual 
bortli axborot-boshqaruv tizimidan tashkil topgan mashina-traktor agregatlaridan 
samarali foydalanishga bag‘ishlangan ishlari bilan qisqa tanishtiriladi. Qishloq 
xo‘jaligi agregatlaridan foydalanish samarasini oshiruvchi omillar tahlil qilinadi 
[15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22]. 
Agregatning ish va salt yurishi tezliklarini hisobga oluvchi koeffitsient A 
operatorning mahoratiga bog‘liq bo‘lishi, salt yurish tezligi ish yurish tezligiga 
tenglashtirilganda (υ
c

i
) foydalanish samaradorligining eng yuqori bo‘lishi, 
ishlov berish uzunligining ortib borishi dalaning bo‘yi va enini hisobga oluvchi 
koeffitsientni (V 1) kamayishiga, foydalanish samaradorligining ortishiga olib 
kelishi, kichik maydonlarga nisbatan katta maydonlarda agregatning foydalanish 
samaradorligining yuqori bo‘lishi, salt yurish uzunligi uning kinematik uzunligi va 
burilish radiusiga bog‘liqligi, kombinatsiyalashtirilgan va tirkama qishloq xo‘jalik 
mashinalardan tuzilgan agregatlardan faydalanishda samaradorligining kam 
bo‘lishi, osma va manyovrchanligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mashinalaridan 
tuzilgan agregatlardan foydalanishda samaradorligi yuqori bo‘lishi nazariy jihatdan 
tushuntiriladi.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalaridan tuzilgan qishloq xo‘jaligi 
agregatlarining samarasini talab etiladigan maqbul o‘lchamdagi maydonlarda 
maqbul harakatlanishidan oshirish bo‘yicha nazariy asoslangan tavsiyalar beriladi. 
Qishloq xo‘jaligi agregatining foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar – 
er maydonining o‘lchamlari hamda agregatning ish rejimi va parametrlariga 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling