Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Birinchi mintaqaga yuzasi sezilarli darajadagi qiyaliklardan iborat, 
yog‘ingarchilik nisbatan ko‘p bo‘lib, chigitni tuproqning tabiiy namiga undirib 
olish imkonini beradigan tog‘ oldi erlar kiradi. 
Ikkinchi mintaqa yuzasining kiyaligi unchalik sezilarli bo‘lmagan, 
yog‘ingarchiliklar kamroq, chigitni tuproqning tabiiy namiga undirib olish 
imkoniyatini bermaydigan va nam to‘plash suvi berishni taqazo etadigan tog‘ oldi 
erlardan iborat.


111 
Uchinchi mintaqa yuzasi bir oz qiya bo‘lgan, tuprog‘i turli darajada 
sho‘rlangan, ekishdan oldin sho‘r yuvish talab etiladigan maydonlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Amaliy texnologik kartalarni tuzishdan maqsad:
1) mintaqalarni o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 
ilg‘or agrotadbirlar va mashinalar tizimidan samarali foydalanib, ekinlar etishtirish 
jarayonining mexanizsiyalash darajasini oshirish; 
2) mehnat va moddiy resurslardan unumli foydalanish;
3) mahsulot etishtirishda ishchi kuchi, yoqilg‘i, ma’danli o‘g‘itlar va 
mexanizatsiya sarflarini qisqartirish;
4) mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida foydalanadigan texnika va 
jihozlarni arzonroq turlari bilan almashtirish;
5) bir o‘tishda bir necha turdagi ishlarni bajaradigan qurama (aralash) 
agregatlardan keng foydalanishdan iborat.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi ishlab 
chiqarish jarayonlarini har tomonlama mexanizatsiyalashtirish va qo‘l mehnatini 
mashina ishi bilan almashtirish yo‘lida bormoqda.
Har tomonlama mexanizatsiyalashtirishning birinchi bosqichi - kompleks 
mexanizatsiyalashtirishdan iborat.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish 
deganda, barcha amallar mashinalar va mexanizmlar bilan bajariladigan 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling