112
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining alohida sohalari (dehqonchidik,
parrandachilik, chorvachilik) uchun soha mashinalar tizimi;
- ma’lum ekinlar (paxtachilik, g‘alla ekinlari, poliz-sabzavot ekinlari va b.)
uchun mashinalar tizimi bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishdagi mashinalar tizimini vazifasi:
- mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha texnologik
jarayonlarni kompleks
mexanizatsiyalashtirishni;
- barcha ishlarni agrotexnik muddatlarda yuqori sifatli bajarishni;
- mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishga harajatlarni
kamaytirishni;
- ishchi kuchidan yil davomida tekis foydalanishni;
- texnikadan samarali foydalanishni ta’minlashi lozim.
Mashinalar tizimini ishlab chiqishda tuproqning va ekinlarning fizik-mexanik
xossalari,
joylarning past-balandliklari, ishlov beriladigan dalalarning katta-
kichikligi, ekin
maydonlarining strukturasi, o‘simliklarning agrotexnikasi va
biologik xususiyatlari hisobga olinadi.
Nazorat savollari
1. Texnologik jarayonlarni qurish umumiy prinsiplariga nimalar kiradi?
2. Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifat ko‘rsatkichlari necha guruhga bo‘lingan?
Ularga misollar keltiring.
3. Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni ayting.
4. Respublika tumanlari paxta etishtirish bo‘yicha
nechta mantaqalarga
bo‘lingan? Ularning mohiyatini tushintiring.
5. Mashinalar tizimi deb nimaga aytiladi? Uning asosiy vazifalarini ayting