Mashinalaridan foydalanish, texnik
kartalar deb ataladigan maxsus jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi va bu
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
kartalar deb ataladigan maxsus jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi va bu
ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzishda asosiy xujjat bo‘lib hisoblanadi. Texnologik kartalarda ko‘rsatilgan agrotexnik jarayonlar quyidagi: umumiy ishlar, urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish, o‘simliklarni parvarishlash, mahsulotlarni yig‘ishtirib olish hamda kuzgi va qishqi ishlar kiradigan davrlardan iborat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallari, kimyoviy va boshqa ashyolar miqdorini, texnologik jarayonlarni bajarishga ketgan mehnat sarflari, mexanizator va ishchilar soni va toifalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va agregatlariga bo‘lgan talab texnologik kartalar yordamida aniqlanadi [9]. SHuning uchun fermer xo‘jaliklarida texnologik kartalardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish tadbirlarini rejalashtirishda va biznes rejalar ishlab chiqishda foydalaniladi. Etishtiriladigan har bir ekin turiga, ularni etishtirish 110 texnologiyalariga mos holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar ishlab chiqiladi. Ushbu texnologik kartalar ilmiy-tadqiqot institutlari va joylardagi tajribali mutaxassislar tomonidan har 5 yilda yangilanib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, xorijiy davlatlardan olib kelinayotgan traktorlar hamda qishloq xo‘jaligi mashinalaridan unumli foydalanishga katta e’tibor beriladi. Har bir fermer xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan biznes-reja tuzishdan oldin, namunaviy texnologik kartalar asosida xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda ekiladigan har bir ekin turi uchun amaliy texnologik kartalar tuzib chiqiladi va xududning qaysi mintaqaga to‘g‘ri kelishi, hosildorlikni kanchalik bo‘lishiga qarab sarf xarajatlar hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda paxta etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar 3 ta mintaqa bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, amaliy texnologik kartalarni tuzishda xo‘jalik mutaxassislari uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi. Respublika tumanlarining mantaqalar bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan. Ammo paxta etishtiradigan fermer erlarini u yoki bu mintaqaga kiritish birmuncha shartli xarakterga egadir. CHunki, bir tumanning hududida ham tuprog‘i turli mintaqalarga taalluqli bo‘lgan erlar mavjud. Mintaqalar o‘ziga xos xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling