Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Uchinchi guruhga material sarfini, shuningdek mahsulotning miqdor va 
sifat yo‘qotishlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bularga urug‘ sarfi, 
kimyoviy moddalar sarfi, donlarning maydalanish darajasi va boshqalar kiradi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifat va texnologik ko‘rsatkichlari ishlov 
beriladigan materiallarning xossalariga, qo‘llaniladigan mashinalar turi va 
konstruksiyasiga, ishlarni bajarish sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Vazifa 
shundan iboratki, uzluksiz o‘zgaruvchi ish sharoitlarida sifat ko‘rsatkichlari 
agrotexnik talablarda belgilanganlarga mumkin qadar yaqinlashishi lozim. 
Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifatiga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga 
birlashtirish mumkin. 
Birinchidan ishning tashqi sharoitlari: tuproqning fizik-mexanikaviy 
xossalari, namligi, dala betining holati, joylarning baland-pastligi, iflosligi kiradi. 


109 
Ikkinchidan mashinalarning texnik holati bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘rsatkichlar kiradi. Bularga mashina ishchi qismlarining holati (shakli, 
o‘lchamlari, sirtining fizik-mexanikaviy xossalari, ishchi organlar tig‘larining 
o‘tkirligi, mashinalarning o‘rnatilishi va rostlanishi, texnik puxtaligi) kiradi. 
Uchinchidan agregatning harakat tezligi, usuli, to‘g‘ri chiziqliligi va tekis 
harakatlanishi, keltiriladigan materiallar bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan 
omillar kiradi. 
15.3-§. Ishlab chiqarish texnologiyasi va mashinalar tizimi 
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun talab etiladigan asosiy va 
transport ishlarning yig‘indisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish
texnologiyasini belgilaydi.
Bunda bajariladigan ishlarning sifat ko‘rsatgichlari, materiallarni sarflash 
me’yorlari, muddatlari, vositalari, tanlangan vositalarning ish unumi, mehnat va 
yoqilg‘i sarfi va boshqa ko‘rsatgichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar texnologik 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling