Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligi jarayonlarini


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

15.2-§. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligi jarayonlarini 
loyihalash asoslari 
Texnologik jarayonlarni qurish umumiy prinsiplariga: ishning 
uzluksizligi yoki ishlov berilayotgan material harakatining uzluksizligi
bajariladigan ishlarning vaqt va muhit bo‘yicha muvofiqlashtirilganligi; texnologik 
jarayondagi barcha zvenolarining yuklama bilan to‘liq ta’minlanganligi; eng kam 
material va mashina-yuk aylanmasi kiradi. Uzluksiz jarayon uchun – ishlarning 
bir maromda bo‘lishi xosdir. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning boshlanishi, davom etishi va miqdori 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda xo‘jalikning va mintaqalar bo‘yicha qishloq 
xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish va yig‘im-terim jarayonlaridan iborat.


108 
Har bir texnologik jarayon uchun agrotexnik talablar ishlab chiqiladi. 
Agrotexnik talablarni ishlab chiqishda asosiy mezon eng kam mehnat va pul 
mablag‘lari sarflab, eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotini olishdan iborat.
Agrotexnik talablar texnologik ko‘rsatkichlar ko‘rinishida shakllantiriladi va 
qishloq xo‘jaligi ishlarining ta’minlanishi shart bo‘lgan sifat normativlaridan iborat 
bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifat ko‘rsatkichlari uch guruhga 
bo‘lingan. 
Birinchi guruhga ishlarning bajarilish muddati va ishlarning 
davomiyligi kiradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi ishlarning bajarilish 
muddatlariga ancha bog‘liq. Bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos 
xislatlaridan biridir. Dala ishlari eng yaxshi vaqtda va qisqa muddatda bajarilganda 
maydon birligidan eng ko‘p hosil olinadi. 
Ikkinchi guruhga texnologik jarayonni bevosita tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, 
jumladan, ishlov berish natijasida material xossasining o‘zgarishi (ishlov berish 
chuqurligi, maydalash, ag‘darish, yumshatish darajasi, poyalarni qirqish balandligi, 
begona o‘tlarning to‘liq yo‘qotilishi, mahsulotning aralashmalar bilan ifloslanishi 
va hokazolar) kiradi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling