108
Har bir texnologik jarayon uchun agrotexnik talablar ishlab chiqiladi.
Agrotexnik talablarni ishlab chiqishda asosiy mezon eng kam mehnat va pul
mablag‘lari sarflab, eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotini olishdan iborat.
Agrotexnik talablar texnologik ko‘rsatkichlar ko‘rinishida
shakllantiriladi va
qishloq xo‘jaligi ishlarining ta’minlanishi shart bo‘lgan sifat normativlaridan iborat
bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlarining sifat ko‘rsatkichlari uch guruhga
bo‘lingan.
Birinchi guruhga ishlarning bajarilish muddati va ishlarning
davomiyligi kiradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi ishlarning bajarilish
muddatlariga ancha bog‘liq. Bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos
xislatlaridan biridir. Dala ishlari eng yaxshi vaqtda va qisqa muddatda bajarilganda
maydon birligidan eng ko‘p hosil olinadi.
Ikkinchi guruhga texnologik jarayonni bevosita tavsiflovchi ko‘rsatkichlar,
jumladan, ishlov berish natijasida material xossasining o‘zgarishi (ishlov berish
chuqurligi, maydalash, ag‘darish, yumshatish darajasi, poyalarni qirqish balandligi,
begona o‘tlarning to‘liq yo‘qotilishi, mahsulotning aralashmalar
bilan ifloslanishi
va hokazolar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: