Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Intensiv texnologiyada: zamonaviy ilg‘or (innovatsion) texnologiyalarni 
joriy etish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori hosilli, suvsizlikka va sho‘rga 
chidamli navlarini ekish, o‘simliklar rivojlanishini tezlashtiruvchi, hosildorligini 
oshiruvchi biologik hamda kimyoviy dorilardan foydalanish va boshqa tadbirlar 
qo‘llaniladi (27-rasm). 
a) b) 
a- intensiv mevali bog‘lar yaratish; b- paxtani hosildor navlarini qo‘llash 
27-rasm.
 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini intensiv usulda etishtirish  
Industrial rivojlanish yo‘lida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oshirishda 
mahsulot ishlab chiqarishini sanoat asosiga o‘tkazishda bajarilishi shart bo‘lgan 
jarayonlarni qo‘llash talab etiladi. Bunda, ayniqsa yopiq erda (issiqhonalarda) 
sitrus va sabzavot ekinlarini etishtirish qishloq xo‘jaligi ekinlarini sanoat usulida 
etishtirishga yaqinlashadi va bu usul kelajakda asosiy yo‘nalish bo‘lib qoladi.
28-rasm. Issiqxonalarda yil davomida sabzavotlar etishtirish 


107 
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar etishtirish bir qator ishlab chiqarish 
jarayonlarini bajarishga bog‘liq. Bu jarayonlar va ishlarni belgilangan talablar 
asosida tashkil etilishi etishtirilayotgan mahsulotning sifatiga va tannarxiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi kunda mamlaktimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda 
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi ancha past bo‘lib, bu ko‘rsatgich 
paxtachilikda 70-75%, g‘allachilikda 85-90%, em-xashak tayyorlashda 80-
85%, sabzavot-polizchilikda 70-75%, bog‘ va uzumchilikda esa 50-55% ni 
tashkil etmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda qo‘llaniladigan agrotexnik 
tadbirlarning qo‘pchiligi mexanizatsiyalashtirilgan. Ammo, ekinlarning himoya 
zonasida begona o‘tlarni o‘toq qilish, g‘o‘za nihollarini yaganalash, hosilni 
yig‘ishtirib olish va boshqa ko‘pgina ishlar hamda asosiy ishlarni bajarishda 
qo‘llaniladigan yordamchi ishlar, masalan, seyalkalarga urug‘ solish va boshqa 
ishlar haligacha to‘liq mexanizatsiyalashtirilmagan [10, 11, 12, 13, 29].

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling