Mashinasozlik sanoati
Download 38.35 Kb.
|
mashinasozlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qand sanoati.
- Qandolatchilik sanoati.
- Vino sanoati.
Konserva sanoati
Bizda bu tarmoqda asosan meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalari hozir asosan "O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "O’zbekbirlashuv"ning ulushi ham salmoqli. Bu tizimda 28t konserva zavodi bor. Konserva mahsulotlari Polsha, Germaniya, İtaliya, Yaponiya, Malayziya kabi mamlakatlarga eksport qilinadi. Respublika sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 50 dan ortiq agrofirma ishlaydi. "O’zbaliq" korporatsiyasi korxonalarida dudlangan baliq, Mqynoq baliq konserva kombinati chetdan olib kelinadigan xom ashyodan turli baliq konservalari (8.6 mln shartli banka baliq konservasi ishlab chiqaradi). Qand sanoati. Urushgacha bir necha qand zavodlari faoliyat ko’rsatgan. Urushdan so’nggi ixtisoslashuv o’zgarib, aholi ehtiyoji asosan chetdan keltirilgan qand mahsulotlari hisobiga qonlirilgan. Mustaqillikdan keyin tarmoqni rivojlantirishga katta etibor berildi. Respublikaning qzida qand lavlagi etishtirish imkoniyatlari kengligi tufayli quriladigan qand-shakar zavodlarida, qand-lavlagi xom-ashyosidan shakar olish texnologiyasi tanlandi. 1995 yil Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida Xozarasp tumanida qand-shakar zavodi qurib bitkazilib, sutkasiga 3000 t qand lavlagi qayta ishlanadi. Bundan tashqari qand lavlagini qayta ishlovchi zavodlar qurish uchun Frantsiya, Xitoy va Misr firmalari bilan shartnomalar imzolangan. Qandolatchilik sanoati. Bizda qadimgi qandolatpazlar uzum, tut shirasidan shinni asal, turli mevalarning shiralari, kunjut, un, o’rik magizi, yong’oq va boshqalardan xolva, novvot, pashmak, parvarda, nisholda, murabbo tayyorlaganlar. Hozir respublikada sanoat usulida 1000 dan ortiq turda qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalar Toshkent, Yangiyo’l, Samarqand, Namanganda joylashgan. "O’zbekbirlashuv" korxonalarida 15% qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Respublikaga chetdan qandolat mahsulotlari keltirish yildan-yilga kamaymoqda. Vino sanoati. Qadimda bizda musallas, sirka, bo’za kabi ichimliklar tayyorlangan. Rossiya Turkistonni bosib olganidan keyin Toshkentda İ.İ. Pervushin, Samarqandda D.Filatov vino zavodlari paydo bo’ldi. Rossiyadan ko’plab aholi ko’chib kelgandan keyin vinoga bo’lgan talab keskin ortdi. Hozir tarmoq korxonalarining aksariyati "O’zbekmevasabzavotuzumsanoat" xoldiing kompaniyasi tarkibida. Mahalliy xom ashyoda ishlaydigan korxonalar Respublikaning barcha viloyatlarida bor. Respublikada tarmoqqa tegishli 56 korxona bor. Eng yiriklari: "Toshkentvino", "O’zbekiston shampani" (Toshkent), "Zarafshon" (Samarqand), "Gulbuloq" (Andijon), "Mastona" (Qo’qon), "Shohruh" (Buxoro) va boshqalar. "Toshkentvino" kombinatida Angliyaning "Kriston" firmasi bilan hamkorlikda bir smenada 25 ming shisha Shotland viskisi ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tashkil etilgan. Shuningdek, İtaliya, Germaniya, İspaniya firmalari bilan birgalikda qo’shma korxonalar mavjud. Mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi. Download 38.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling