Mashinasozlik sanoati
Download 38.35 Kb.
|
mashinasozlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poyafzal tarmog’i.
- Chinni-fayans sanoati.
İpakchilik sanoati.
O’zbekistonda qadimdan Namangan, Marg’ilon, Qo’qon, Buxoro kabi shaharlar shoyi ishlab chiqarish markazlari bo’lgan. Hozir O’zbekistonda 9 ta yirik pillakashlik fabrikasi va uning 12 ta shaxobchasi ishlab turibdi. O’zbekistonda trikotaj, tikuvchilik, ko’n-poyafzal tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan. Trikotaj-Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijonda yirik korxonalarga ega. Tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalari va 40dan ortiq shahobchasi ishlab turibdi. Poyafzal tarmog’i. Toshkent, Yangiyo’l, Chirchiq, Qo’qon, Farg’ona yirik korxonalar, Pop rezina poyafzal fabrikasi, "Farg’onapoyafzal" aktsiyadorlar jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Uzsalaman" qo’shma korxonasi barpo qilindi. Chinni-fayans sanoati. 1952 yilda Toshkent chinni zavodi, 1970 yilda Samarqand, 1977 yilda Quvasoy chinni zavodi ishga tushirildi. Angren keramika kombinatida fayans sopol mahsulotlari ishlab chiqariladi. Kanop sanoati. Korxonalar Toshkent viloyatida joylashgan, chunki xom-ashyo bazasi bo’lib Quyi, Yuqori va O’rta Chirchiq tumanlari hisoblanadi. Mahsulotlari: tola, kongazlama, arqon, kabel ipi va boshqalar. Oltita yirik zavod yiliga 20 ming tonna kanop poyasini qayta ishlash quvvatiga ega. Mebel sanoati Hozir Respublikamizdagi barcha mebel sanoati korxonalarini boshqaradigan "O’zbekmebel" davlat aktsiyadorlar birlashmasi barpo qilingan. Uning tarkibida 26 ta mebel ishlab chiqarish tijorat shirkati 13 ta mebel fabrikasi, 3 ta mebel ishlab chiqarish birlashmasi, 6 ta mebel birlashmasi, "O’zbekqog’oz" ijara korxonasi, mebel ko’zgusi korxonasi, yog’och kesish stanoklari zavodi, firma magazinlari va boshqalar mavjud. Tarmoqda asosan mahalliy xom-ashyoni ishlanadi. Tarmog’da umumiy sanoat mahsuloti hajmini 9.8% ishlab chiqariladi va 100 mingga yaµin kishi band. Tarmoq tarkibida go’sht-sut, yog’-moy, un-yorma, baliq mahsulotlari, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadaoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq tamaki, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar mavjud. Respublika mustaqillikka erishilgandan keyin oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohatlar amalga oshirdi, ko’pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarib, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirldi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go’sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib "Oziq-ovqat sanoati" va "©g’-moytamakisanoat" uyushmalariga, "O’zgo’shtsanoat" dalat aktsiyadorlik uyushmasi, "O’zDONmahsulot" davlat aktsiyadolik korporatsiyasi, "O’zbaliq" davlat aktsiyadorlik korporatsiyasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi vazirligi tarkibidagi "O’zparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi, "O’zbekbirlashuv" tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarigaaylantirildi. Korxonalarda yangi zamonaviy texnologiya va uskunalar o’rnatilmoqda. Aholi ehtiyojlarini respublikaning o’zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari ko’rilmoqda. Chunki hozir respublika importida oziq-ovqat mahsulotlari hissasi yuqori bo’lib kelmoqda (19.5%). O’zbekistonda 1997 yilda 32.9 ming tonna go’sht va go’sht mahsulotlari, 90 ming tonna sut, 3 ming tonna hayvon va 276 ming tonna o’simlik yog’i, 133 ming tonna yorma, 54 ming tonna makaron mahsulotlari, 542 ming tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarildi. Download 38.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling